Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi | Rasmiy kanal

Логотип телеграм канала @tma_official — Toshkent Tibbiyot Akademiyasi | Rasmiy kanal T
Логотип телеграм канала @tma_official — Toshkent Tibbiyot Akademiyasi | Rasmiy kanal
Адрес канала: @tma_official
Категории: Медицина
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 6.48K
Описание канала:

🔷Официальный канал Ташкентской Медицинской Академии
📍100109,Ташкент,Узбекистан
ул. Фароби 2
🌏https://tma.uz/
📲Телефон доверия: 99878 150-7825
☎️Факс: 998 78 150-7828
📮E-mail: info@tma.uz

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал tma_official и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

2

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения 7

2022-06-02 12:31:31
#rasmiy_tashrif

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Janubiy Koreya davlati “KOICA” tashkilotining O‘zbekistondagi vakili “O‘zbekiston-Koreya Sharq tabobati” markazi direktori, PhD, professor Song Youngil hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Xalq tabobati, reabilitologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Adibaxon Usmanxodjaevalar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida “KOICA” tashkiloti va filial o’rtasida istiqbolda Janubiy Koreya universitetlari hamda klinikalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

Shuningdek, farmakologiya, farmakogineziya va fitoterapiya orqali bemorlarni davolashda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, uni hayotga tadbiq etish maqsadida filialda fitolabaratoriya qurish hamda undan foydalanish bo‘yicha Janubiy Koreyalik mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirildi.

TTATF_PRESSA
1.0K views09:31
Открыть/Комментировать
2022-06-02 12:31:30
#rasmiy_tashrif

Tashrif so‘ngida janob Song Youngil filialning “Xalq tabobati” yo‘nalishi talabalari uchun master klass o‘tdi.

Unda bel sohasidagi mushak og‘rig‘ini sharqona usulda, ya’ni manual hamda igna terapiya orqali davolashni ko‘rsatib berdi.

TTATF_PRESSA
763 views09:31
Открыть/Комментировать
2022-06-02 12:31:30
#rasmiy_tashrif

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Xalq tabobati, reabilitologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Adibaxon Usmanxodjaeva tomonidan “Zamonaviy tibbiyotda dalillarga asoslangan tibbiyotni o‘rni va rivojlanishi” mavzusida integral ma’ruza o‘tkazildi.
Ushbu ma’ruzalar orqali filialning Xalq tabobati yo‘nalishidagi talabalarga tibbiyotda xalq tabobatining o‘rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligi e’tirof etildi.

TTATF_PRESSA
750 views09:31
Открыть/Комментировать
2022-06-02 11:26:18
Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti hamda Pedagogika va psixologiya kafedralari birgalikda ‘’Jiydali’’ mahallasida ‘’Chekish-umr zavoli’’ mavzusida tadbir o‘tqazishdi.
1-iyunkuni Olmazor tumani ‘’Jiydali’’ mahallasida Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti hamda Pedagogika va psixologiya kafedralari birgalikda‘’Chekish-umr zavoli’’ mavzusida tadbir o‘tqazishdi. Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Meliboyeva Rozaxon Nosirovna so‘zga chiqdi. Chekish insonga qanchalik zarar keltirishini aytib o‘tdilar.
Tadbirda Tibbiy pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi Eshnazarov Madaminxo‘ja ‘’Chekish-umr zavoli’’ mavzusidagi fikrlarini bayon qildi.
Matnni:
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti 1-kurs talabasi Qodirova Umida Ne'mat qizi tayyorladi.
886 views08:26
Открыть/Комментировать
2022-05-31 08:58:52
637 views05:58
Открыть/Комментировать
2022-05-31 08:36:59
МЕНЕЖМЕНТ, ТИББИЙ БИОЛОГИЯ, БИОМУХАНДИСЛИК ВА ОМХ факультетининг Олий маълумотли ҳамшира йўналиши ва тиббий биология йўналиши битирувчи талабалари якуний Давлат аттестацияси раислари билан учрашдилар.
Учрашувда имтихон низомлари ва тартиблари тўғрисида тушунтириш берилди. Талабаларга йил давомида ўз соҳалари бўйича ўзлаштирган билимлари натижасини кўрсатиб бериш фурсати келганлиги айтилиб, имтихонлардан аъло баҳолар билан ўтиб олишлари учун омад тилаб қолинди.
733 viewsedited  05:36
Открыть/Комментировать
2022-05-31 01:39:44
Toshkent tibbiyot akademiyasi

2-son davolash fakulteti 211-222 guruh talabalaridan:
"CHEKISH — UMR ZAVOLI"

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988-yilda 31-mayni “Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilgan. Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.

Tamaki iste’mol qilish yurak ishemik kasalligi, insult va periferik tomirlar kasalliklari rivojlanishining eng xavfli omillaridan biridir. Dunyo bo‘yicha yurak-tomir tizimi kasalliklari tufayli boshqa har qanday sabablardan ko‘ra ko‘proq odamlar vafot etmoqda, tamaki iste’mol qilish va tamaki ikkilamchi tutunining ta’siri esa yurak-tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaruvchi arterial gipertoniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi xavfli omil hisoblanadi.
"Doktor Reporter" G.Maxammatovna!
1.3K views22:39
Открыть/Комментировать
2022-05-30 22:36:38
#TTA
#Chekishga_qarshimiz

Talabalar turar joyida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

#31_may CHEKISHGA QARSHI KURASH KUNI

Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti tomonidan
"Biz chekishga qarshimiz" nomli targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

5 - Talabalar turar joyida chekishga qarshi o'tkazilgan targ'ibot tadbirlaridan asosiy maqsad talaba-yoshlar orasida inson salomatligiga zararli bo'lgan odatlardan voz kechish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdir.

"Biz chekishga qarshimiz" targ'ibot davomida fakultet tyutorlari Mahkamova I.K., Nurimova F.Z., Davilova L.T., Jonmurodov L.I. lar va 5 TTJ tarbiyachi pedagogi Abdiyev R. talabalar bilan davra suhbatlari o'tkazib, 5 - TTJ dagi talabalarga kerakli tavsiyalarni berib, yosh tibbiyot xodimlari sifatida aholi orasida ham sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishi aytib o'tildi.

@tma_doctor_reporter
1.3K views19:36
Открыть/Комментировать
2022-05-30 13:47:50
#TTA
#Biz_chekishga_qarshimiz

Targ'ibot tadbirlarida hamma birdek faol

Toshkent tibbiyot akademiyasi
MENEJMENT, TIBBIY BIOLOGIYA, BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI VA OMH FAKULTETI xodimlari va talabalari #chekishga_qarshimiz targ'ibot tadbirida barcha birdek ishtirok etmoqda.

Targ'ibot tadbiri munosabati bilan fakultet dekani Aliyev S.U. hamda fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yich dekan o'rinbosari Abdurahmonova N.X. targ'ibotda devoriy gazetalar chizayotgan talabalar bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Fakultet tyutorlari Mahkamova I.K., Nurimova F.Z., Davilova L.T.lar barcha guruh talabalarini faollikka chorlab, #chekishga_qarshimiz shiori ostida targ'ibotda eng faol ishtirok etib, sog'lom turmush tarzini to'g'ri tashkil etishda o'z hissasini qo'shishini ta'kidladi.

Chekish, tamaki mahsulotlarini iste'moli tufayli 1 yilda 6 million kishi vafot etadi.

#Salomatligingiz o'z qo'lingizda

@tma_doctor_reporter
1.5K views10:47
Открыть/Комментировать
2022-05-30 08:45:21
Toshkent tibbiyot akademiyasi
2-son davolash fakulteti talabalaridan:

"31 May - Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni " munosabati bilan talabalar o'rtasida suhbat o'tlazildi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988 yilda 31- mayni Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilgan.

Shu munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida blis savol-javoblar o‘tkazildi.
Maqsad, kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog'liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilish.

Doktor reporter:
G.Maxammatovna
1.6K viewsedited  05:45
Открыть/Комментировать