Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

kitobоокнига♾

Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾ K
Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾
Адрес канала: @kitobooknigam
Категории: Книги
Язык: Русский
Количество подписчиков: 508
Описание канала:

@kitobees (kitob galereyasi)
https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru

Рейтинги и Отзывы

2.33

3 отзыва

Оценить канал kitobooknigam и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

2


Последние сообщения 7

2021-11-16 22:04:38

"Oxirgi paytlar kitobni o'qishni boshlaymanda biror sahifa o'qib keyin boshqasiga o'taman" tanish holat. Ho'sh nega?

Nega reklamalarning sharti ma'lum 3 daqiqadan oshmaydi va turli kadrlar (oraliq soniyalari ham katta rol o'ynaydi) "nima aloqasi bor bu mavzuga reklama tayyorlashdagi shartlarni tiqishning" deyayotgan bo'lsangiz to'htang jiddiyroq qarab nega deya o'zingizdan javob ahtaring. (Fikrlash 3 daqiqadan oshmasin )

Mavzu aylanib yana "miyya"ga taqaladi. Ishoning bu boshimiz ichidagi miyyani nimaga moslasak takror-takror shu moslashgan ishni qilaveradi.

Kitobni davomli o'qiy olmaslikning eng katta sabablaridan bu "tutqunsizlik" yani qiziqishingizni tutib turolmasligi (ayb kitobda emas, ayb sizda ham emas shunchaki kitob mutolaasi davomida orada reklama yo'qligi va bunga muhtoj miyyaning qidira boshlashi, tezda qo'lga telefon olinishi, har xil social mediada kezishlar va b.)

Tez zerikish. Zerikishimiz umrini qisqartirishmoqda va bunga ommaviy moslashtirilmoqdamiz. Doimo hamma narsadan zerikadigan bo'lib qolgan miyyachalarmiz. Gapning indallosi. Qiyinchilikdan qochadigan, onsonini afzal ko'rishga moslashgan miyyalarga aylanyabmiz.

Reklamani hatto hali tili chiqmagan bolakaylar diqqat bilan, hatto o'yinchoq yoki oldilaridagi insonlardan voz kechib bo'lsada tomosha qilishadi. Qizig'-a?!
Hozirgi oilalarda TV bilan emas reklama bilan bolalarni ovutishadi (ishonmasangiz bolali uyga borib zimdan kuzating)
Ho'sh nima deb o'ylaysiz?
Miyyalarni nimalarga moslayabmiz, moslab ulgurdik.

P.s.Yozuvchi Tohir Malikni shu usulini ya'ni mavzuni oxirini ochiq qoldirishini avvallari bundan 5 yillar oldin yoqtirmas edim, lekin endi-endi tushunyabman sababini. Hullas bir o'ylab ko'rishga mavzu tashladim, uydagi hamma kitobni o'ttiz, ellik, sahifa o'qib nega o'qiy olmayabman deguvchilarga.

@kitobooknigam
368 viewsedited  19:04
Открыть/Комментировать
2021-11-15 22:48:48 Kitob sotib olish uchun pul yig'ishni boshladim, bu hayajonli jarayon o'zim uchun. To'g'risi oxirgi martta kollej paytlarimda tushlik ovqat uchun berilgan pullarni yig'ib (Navoiy ko'chada kitob rastasi bo'lardi) kitob olgan ekanman.
Undan keyin esa moliyaviy jihatdan yetarlicha bo'lgani sabab pul yig'mabman.

Oladigan kitobim (6 tomlik) seriya yangi olamni kashf etishdek. Hozircha sir bo'laqolsin qanday kitobligi .
Ochig'i shoshayotganim yo'q, rejam bo'yicha 2022 yildan ko'proq fentezi kitoblarga qo'l uraman. Bu kitob ham ana shundaylardan, alvido klassika alvido non-fictionlar deb chapak chalaman.
Kitob narxi Turk lirasida qariyib 400 tl demak 40 $ atrofida shuncha narxga kitob olinadimi deydiganlar mendan unfollow bo'lishingiz mumkin ))
Kitoblarni oladigan kunni hozirdan hayol qilyabman. Balki yanvarga to'g'ri kelar (tushungan tushundi)

P.s. avgustda olmagan 500$ ga (Wacom One) endi narxi 700 $ oshib inflyatsiyani sezilarli darajada ekanligini ko'rsatdi. Xulosam shuki "tez qaror berishni" o'rganishim kerak,


Siz ham kitoblarga sarflanadigan mablag'laringizni sarhisob qilasizmi?

@kitobooknigam
299 viewsedited  19:48
Открыть/Комментировать
2021-11-14 00:30:33
Kitobni boshlashda asosan mundarijaga qarab chiqaman, eng diqqatimni tortgan mavzu, bo'lim bo'lsa shartta ochib osha sahifani yoki mavzuni butunligicha o'qib chiqaman. (Bu masalan kitobni qoq o'rtasida yoki eng oxirgi sahifasida bo'lishi mumkin)

Huddi eng shkolad joyini yeb keyin muzqaymoqni sekin-sekin nonini yeyishga o'xshaydi (bu o'zimga yoqadi). Hammamiz bir xilda yeyishimiz shart emasku axir . Bazan bu qo'l keladi. Asosiy tushunchani tushunib olasiz va kitobni boshidan boshlaysiz shunda yaqqol ko'rinadi yozuvchi aynan asos qismiga olib kelguncha tushuntirish yo'llarning qandaylarini (usullarni, misollarni, o'rnaklarni) qo'llaganini.

Faqat bu usulni doim ham qo'llay olmaysiz. Shuning uchun kitoblarni o'qish qiziq. Miyya keyingi odim qandayligini tahmin qilishda zavq oladi.
Ba'zan eng qaynoq shkoladlar har satrda yoki har sahifada uchrashi mumkin

@kitobooknigam
467 viewsedited  21:30
Открыть/Комментировать
2021-11-14 00:16:53 P.s. oqsoqol bo'lardi "O'ynelaaaarrrr!!!" deydigan.
Yosh avlod hali beri tushunmaymiz shekilli uni bunaqa onda-sonda (boy tilda ) gapirishini.

Gap egasini qidirib topadi

@kitobooknigam
427 viewsedited  21:16
Открыть/Комментировать
2021-11-13 23:37:30 @kitobooknigam
425 views20:37
Открыть/Комментировать
2021-11-13 23:21:10 @kitobooknigam
423 views20:21
Открыть/Комментировать
2021-11-12 00:03:15 ​​"Hislarini ossonlikcha izhor qilolmaydigan insonlarni kamsitmang lutfan"

Men sog'inganimni yaqinlarimga aytolmayman (shunchaki aytishga ham tilimdan chiqmaydi)
Sababini bilmayman, aytsam yig'lab yuboraman duvillab ko'zimdan yoshlar oqqanidan gapirolmay bog'ozim tiqilib qoladi. Bilaman tuyg'ularimni ustun qo'yadigan lekin ularni bor holicha ko'rsata olmaydigan qizman. (Kamchiligim)

Doim Onam bilan telefondagi suhbatda orada jimliklar bo'lib qolsa ularga sog'inchimni ifodalashda "Oyi, keling sizga kitob o'qib beraman" deyman (ichimga ho'rsinib sezdirmay) atroflarida uydagi nevaralarining qiy-chuvi eshitilib onam chalg'ib ketadilar,..
Javoblashga ham ulgurmaydilar. Keyin... (Indamay qo'ya qolaman)

Biror kun oradan vaqt o'tadi, sog'inch ham menga rahmi keladi shekilli, o'rtamaydi...

Bu orada maktabdosh dugonam hol ahvol so'rab qoladi. "Esimga tushding" deb, hatto suhbatlashganimizga ancha bo'lgan bo'lsada unga ham "Ra'no, kel senga kitob o'qib beraman" deyman. Ichimdan "Hop"ni kutaman. U esa "ovqat qilishim kerak kechqurunga undan ko'rasi nima ovqat qilishimni aytaqol bu yukdan qutqar meni" deydi kulib.
Birozdan hayrlashaman u bilan ham...
Sog'inch bilan ham...
Menga ham tanaffus ber sog'inch, unaqa to'lib qalqma ko'zlarimdan.

@kitobooknigam
338 viewsedited  21:03
Открыть/Комментировать
2021-11-10 22:48:43
Kuzatuvchilar talabiga binoan instagram sahifadagi videoni bu yerda bahamlashyabman

P.s. musiqali ohangda bu yerdan ko'rishingiz mumkin

@kitobooknigam
446 views19:48
Открыть/Комментировать
2021-11-10 21:55:25 ​​Kitobni coverida Anvar Poshsho lekin nega unda kitob nomi "Chingiz afandiga maktublar"? (Kitob boshlamasidan bu savol miyyamda aylanardi keyin uni o'qib bilib oldim negaligin.) "Maktublar yo'llardir" deb boshlanadi darhaqiqat maktublashmak insonlar orasidagi uzun masofalarni yaqinlashtirmakdek, shaxsan menga maktublarni ta'siri boshqacha "huddi qalb oynasini o'qigandek" bo'laman )

Ushbu kitobga to'xtaladigan bo'lsam yozuvchining yondashuvi, savol berishi, tarixda bo'lgan hodisotlarga mubosabati va kitobxonga tarix faqat bir taraflama emas qarshi qutbga o'tib jarayonlarini ham o'rganish orqali o'rtaga asosli xulosalar chiqishini ta'kidlashi o'rinli.
Kitob ma'lumotlarga boy, izlanishlarga boy "hujjatli roman" mutolaa jarayonida siz 20-yillarning boshi Buxoro xonligida milliy-ozodlik harakatlari Amir Olimxonning amirlikni tashlab qochishi, jadidlarning nega ikki qismga ajralishi (jadidlar kimligini tanimagan avom xalq) bundan tashqari Ibrohimbek laqay va Anvar Poshsho bilan bolsheviklar orasida ro'l o'ynagan asosiy voqealar uzra kechadi.

Kitobni o'qirkanman albatta shaxsiy ichki savollarim paydo bo'ldi. Yozuvchi qalamga olgan Abdulla Rajab Boysuniyning kitobini o'qishga ham qiziqish uyg'ondi. Va alohida o'sha davrda ruslarning Laqaylar urug'ini ilmiy tahlil qilgani, birgina Ibrohim laqayni deb butun avlod qirilgani, yozuvchini Bobur Mirzoga va Temur qarshisida Fitratning faryodiga to'xtalib o'tishi hamda "ba'zi inson"larning tarixda qilgan qiliqlaridan biroz g'azab, biroz qiziqish va chuqur-chuqur o'ychanlik bilan yuzlashasiz.

Hammaga birdek tavsiya qiladigan kitobmi deyman mutolaani bitirib, menimcha yo'q "har kimga birma-bir tavsiya qilsam arziydi". Zero, Behbudiyning vasiyatida bejiz ta'kidlanmaganidek: "Turkiston yoshlariga ilm beringiz"

@kitobooknigam
448 views18:55
Открыть/Комментировать
2021-11-08 02:18:37 ​​Inson oynaga boqqanda qanchalar o'zining sur'atiga termulmasin tashqi tarafdan o'zini ko'rolmaydi.

Kamchiliklar, bilinar-bilinmas bog'lamlar va qarorlarimizni o'zimizga ta'siri ham huddi shunday o'zimizga o'z oynamizda ko'rinmaydi.

Ko'p hollarda insonni o'zini bilmasdan yashayotgani bilinmaydi. Ba'zan shunday insonlar bo'ladi "Nima uchun yashayabman o'zi?" deb aqalli bir karra o'zidan so'ramagan, so'rolmagan. (Mavrid ayirmagan)

Birovlarni muhokama qilishdan avval "o'zimizni fikr qilsak" qanday go'zal bo'lardi shunday emasmi?!

Burnimiz "kimnidir" dasturxonida bo'lmasdan, oynaga boqqanimizda burnimizni o'z o'rnida turganini ko'rishimiz, naqadar ajoyib.

Qulog'imizni qo'shni eshiklariga osilgani emas, devor tirqishlariga tiqilgani emas "o'zimizni tinglash uchun nasiblangani"ni qachon tushunib yetamiz?!

Oynaga boqqan ko'zlarimiz qalbimizniki emas, haligacha...

Dunyoning eng totli tamini og'zimizga keltiramiz-u lek undan chiqadigan so'zlarimiz balchiqqa belangan...

So'nggi so'z o'rnida "Qachongacha eng buyuk yolg'onlarni o'zimizga aytamiz"?

@kitobooknigam
598 views23:18
Открыть/Комментировать