Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

kitobоокнига♾

Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾ K
Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾
Адрес канала: @kitobooknigam
Категории: Книги
Язык: Русский
Количество подписчиков: 508
Описание канала:

@kitobees (kitob galereyasi)
https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru

Рейтинги и Отзывы

2.33

3 отзыва

Оценить канал kitobooknigam и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

2


Последние сообщения 3

2021-12-27 20:41:12 @kitobooknigam
349 views17:41
Открыть/Комментировать
2021-12-27 16:42:34 ​Bu kitob haqida rasa ko'p narsa yozgim keldi. Huddi yig'ib yurgan so'zlarim, gaplarimni bir on to'kking, sochking keladi-ku shunday vaziyatdadekman.

Kitobni boshlaganimda qo'limga qalam olsammikan deb ikkilandim, balki chiqar menga ta'sirini o'tkazadigan satrlar deya tavakkal oldim (anchadan beri hissizlik bo'shlig'ida bo'lganim sabab, kitob satrlarini shunchaki o'qiyotgandek tuyilardim)

Xullas qo'lda qalam kitobni mutolaasiga kirishdim 1-chi kun: Jaxliga qul bo'lishni emas, o'z jaxlini o'ziga qullik qilishini o'rgangan, haddini bilib o'zligini tanigan Yiğit ismli bolakay bilan tanishdim.
Keyingi sahifalar men "achinish" hissini ta'rifini berolmaydigan satrlarni o'qib: "Acımanın elinde bir kılıç vardı sanki" (таржимаси: "Ачинишнинг қўлида бир қилич бордек") Tasavvur qila olasizmi siz kimgadir achinganda o'sha qilich bilan uni kesgandek bo'lishingizni. Keyin o'ylab qolasiz "Nima achinish kerakmasmi" yoki achinish yanglish hismi deya.
Kitob tugamasin deya atayin sekin o'qishga harakat qilasiz, qancha tirishmang suv kabi oqib o'qib bitirasiz.

Kitob bilan ta'sirchanligimni yana kashf ettim bilasizmi har hikoya qahramonlari qo'limdan tutib meni yetaklagan bolalik davrim kemtiklariga birgalikda ziyorat qilgandek, undan qochmasligim u kunlarni bag'rimga bosishimga dastaklashgandek bo'lishdi.
"Men mutolaa qildimmi yoki menimi mutolaa qilishdi" dedim

"Yaxshilik yaxshilatur insonni, beminnat yaxshilik, shunchaki inson bo'lgani uchun qilinadigan yaxshilik insonga ma'no beradi. Yaxshilikni yuqumli ekanligini bilaman, his eta olaman ko'zimga ko'rinmasa-da, tanib olaman uzoqda bo'lsada. O'qiganim sari isnondagi ham yaxshi ham yomon taraflarni tanir ekanman, yaxshiliklarni yashatadiganlarni, uni afzal ko'radiganlarni shohidiman"

p.s. Inson hayotida sinfdoshi, darddoshi, kursdoshi, yo'ldoshi va turli unga hamrohdoshlariga duch keladi.
Meni esa kitobdosh insonlarim bor. Bilasizmi didiga ishonasiz, tanloviga havas qilasiz, kitob o'qilishini, kitoblaringizni bahamlashasiz. Bir xil satrlarni tagiga chizgan bo'lasiz.

@kitobooknigam
440 views13:42
Открыть/Комментировать
2021-12-26 23:18:03 ​Jorj Orwell - asl ismi Erik Artur Bler (ingliz) Hindistonda tug'ilganligini shu kitob ortidagi qisqa yozuvchi haqidagi ma'lumotdan bilib "iya to'xta men buni Angliyada yashab ijod etgan deb yuribman-ku" dedimda bir aylanib Googleni ziyorat qilib chiqdim.

Bu kitobda Parijdan boshlangan yo'qsillik kunlari, kunni-kunga ulash, 5 kunlab och qolish, o'z kiyimlarni sotish orqali to ish topgunicha bo'ladigan kunga yetishib olish, ish qidirishdagi insonni ruhiy ezilishlari, insonlarni yo'qsillikdan o'rganadiganlari ko'pligini o'rgatadi.
Parijda tanishgan rus millatli Boris bilan o'tkazgan kunaridan balki "1984" asarini yozlishiga sababchi bo'lgan kunlari bo'lgandir deya o'yladim, kommunizm haqida tushunchalari aynan Boris taklif qilgan o'sha ish bilan boshlangan bo'lsa ne ajab. Mutolaa davomida Paddy, Bozo bilan tanishasiz. Ishonamanki yo'qsil holida ham "aqlan sog'lom va uyg'oq (taslim bo'lmas) Bozoning tarzi esingizda qolib ketsa kerak. (Bozo kendi zehninde özgürdü)
Hayotni eng past tabaqasi bilan kechirilgan kunlarda o'rgangan haqiqatlarini his etish, Orwell aytganidek Lyuks hayotga bo'lgan avvalgi munosabatingizga bir zarba beradi-yu, kerak bo'lsa o'zingni-o'zing yig'ib ol deydi. Yozuvchini boshidan o'tkazib (yashab o'tib) keyin chiqargan xulosalari o'rinli ekanligini ayta olaman.
Yo'q narsani yozmaydigan, borini ko'pirtirmaydigan yozuvchilardan deb bilaman. Xullas ko'p gapirmay vaqt topsangiz albatta o'qib ko'ring, Orwellni tasvirlash uslubini his qilasiz.

p.s. "Jorj Orwell" taxallusi aynan mana shu kitobiga nashr etilayotganda qo'llangan ilk taxallusi ekan.

@kitobooknigam
459 views20:18
Открыть/Комментировать
2021-12-26 00:29:44 @kitobooknigam
519 views21:29
Открыть/Комментировать
2021-12-25 18:25:09 Eski rasmlarim orasidan eski kunlarda o'qiganlarimni topib olamanda, shuniyam o'qiganman-a eh, o'qib chiqgandim deb qo'yaman o'zimga o'zim.

@kitobooknigam
578 viewsedited  15:25
Открыть/Комментировать
2021-12-25 18:24:07
578 views15:24
Открыть/Комментировать
2021-12-25 15:31:33 Mayliku, lekin juddaaaa o'zimizcha jiddiyni yoqib olganmizda ))

P.s. huddi binnimani qoyilatgandek

@kitobooknigam
591 viewsedited  12:31
Открыть/Комментировать
2021-12-25 14:32:46
Huv anu kuni buyurtma qilgan ikkala kitob ham birinma ketin keldi (kargo orqali). Kitobni kutish qiziqda bilasiza bu hisni,
Ikkala kitobni ham tavsiyaga ko'ra oldim, ishonchim qozongan insonlar tavsiyasi.

Bugun shu sariq kitobni yeb bitirib qo'ysam kerak chunki juda ochman hammaga maroqli mutolaa.

@kitobooknigam
615 views11:32
Открыть/Комментировать
2021-12-23 22:22:47 Kitob do'koniga boshqa hariddan so'ng kirishni yoqtirmayman, qo'lda plastik haltalar bilan chaqir shuqur qilinishi kitob dokonidagi boshqa insonlarga kitobni o'qib ko'rib tanlab olishlarida halaqit berishi mumkin, ham qo'lda bunday plastik (umuman boshqa haltalarni ham) ko'p yoki og'ir bo'lishi rohatcha kitob tanlashimga halaqit beradi.
Omma psixologiyasini o'qiganimdan so'ng o'zimda kichik-kichik tajribalar o'tkazadigan bo'lganman. Omma og'ib ketayotgan narsalarga (manipulate)larga qarab og'ib ketmasligimni farqiga borishim uchun o'z nafsimga hokimligimni bilib olishim uchun ham bir kitob do'koniga kirib qurbim yetsa ham kitob olmayman. Chunki endi o'zimga (aqlimga) to'g'ri savol berishni bilaman.

@kitobooknigam
1.0K viewsedited  19:22
Открыть/Комментировать