Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 148.43K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 224

2021-11-02 10:17:06
#Ehtiyot_boʻling

Soʻnggi paytlarda is gazi bilan zaharlanish holatlari tez-tez uchramoqda.

Qanday qilib “jim qotil”ning tuzogʻiga tushmaslik mumkin?

Ushbu videorolikni, albatta, koʻring!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
27.8K views07:17
Открыть/Комментировать
2021-11-02 06:52:05
Talaba haftasiga qancha soat darsdan tashqari shug‘ullanishi kerak?

G‘arbning yetuk universitetlaridagi konsensus fikr shundan iboratki, o‘quv darsining har bir soati uchun talaba o‘rtacha 2 soat tayyorgarlik ko'rishi kerak (“preparing for class”). Ya’ni, 1 para uchun talaba taxminan 3 soat qo‘shimcha vaqt sarflashi kerak.

Agar fan haftasiga 2 para o‘tilsa, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘rtacha 6 soat sarflash nazarda tutilgan.

Darsga tayyorgarlik deganda uy vazifasini bajarish, kitob o‘qish, konspektlarni ko'rib chiqish, yozish, laboratoriya ishlarini bajarish, ma‘lumotlarni tahlil qilish, o‘rganilgan materiallarni takrorlash va boshqa akademik faoliyat turlari kiradi.

G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, eng kuchli, eng istiqbolli talabalar haftasiga o‘rtacha 50-60 (kuniga 7-8) soat o‘qishar ekan.

Eduuz tavsiyasi
Shuni unutmangki, sifat sondan ustun, lekin sifat son bilan keladi.
8.9K views03:52
Открыть/Комментировать
2021-11-01 20:09:53 2022-yilda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplab berish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Davlat rahbari mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar budjetni shakllantirishda ham bosh mezon boʻlishi zarurligini ta’kidladi.

Shu bois kelgusi yilga moʻljallangan davlat budjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yoʻnalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz bu mablag‘ga qoʻshimcha tarzda yana 12 trillion soʻm ajratish taklifini bildirdi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16.6K views17:09
Открыть/Комментировать
2021-11-01 18:37:50
#Professional_ta'lim

“Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida professional ta’lim tizimi takomillashtiriladi

Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Mattias Foss boshchiligidagi delegatsiyani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov qabul qildi.

Uchrashuvda “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va mustahkamlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish, trenerlar tayyorlash va o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3156

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.4K views15:37
Открыть/Комментировать
2021-11-01 17:31:51
#Xushxabar

OʻzDJTSUning 3 nafar talabasi jahon chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlishdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dzyudochilarimiz ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Biz uchun quvonarlisi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti Diyora Keldiyorova (-52 kg) hamda dzyudo ixtisosligi yoʻnalishi talabalari Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan boʻlsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.

Harbiy sportchi talabalarimizni g‘alaba bilan qutlab, ularning kelgusi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
__
@eduuz
13.9K views14:31
Открыть/Комментировать
2021-11-01 15:16:57 ​​#Eduuz_tavsiya_etadi

TOP va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Ushbu savolga javob sizni hayron qoldirishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori (TOP) va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farq faqat tug‘ma iste’dod yoki aqlga emas, balki shakllantirilgan odatlarga ham bog‘liq ekan.

Eng yuqori darajadagi talabalar nafaqat o’quv fan, balki vaqtni boshqarish, tashkilotchilik ko’nikmalari, qaydlar olib borish, faol kitob o'qish va diqqatni jamlash masalalari ustida muntazam ishlagan. Nafaqat ishlagan, balki ularning jilovini qo’lga olgan.

Xushxabar shundaki, siz ham shu odatlar ustida ishlab, TOP darajada bo’lishingiz mumkin!



What is the difference between being a TOP student and being an average student?

The answer to this question will surely surprise you. Studies suggest that the difference between high achieving and average students lies not in innate intelligence, but in habits that have been shaped by them.

TOP-level students work not just on the subjects, but on such issues as time management, organization, note taking, active reading and power of focus. They not only work on them, but also master them.

The good news is that you can work on these habits and become TOP-students!

Eduuzdan yiroqlashmang!
14.8K views12:16
Открыть/Комментировать
2021-11-01 14:29:00
Namangan muhandislik-qurilish instituti sport majmuasida voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi

Turnirning final bahsida Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari roʻbaroʻ keldi. Besh taym davom etgan va oxirgi daqiqalarga qadar gʻolibni aniqlashning imkoni boʻlmagan mashaqqatli, ammo qiziqarli kechgan bellashuv oʻzbekistonlik sportchi qizlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Chempionatning yopilish marosimida viloyat hokimining oʻrinbosari Botir Nuriddinov, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshligʻi Sobitxon Mirzayev, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi masʼullari, xorijlik kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Ular gʻolib va sovrindorlarga medal va diplomlarni topshirishdi.

Turnir tashkilotchilari NMQI sport majmuasida mintaqa chempionatini oʻtkazish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholashdi va mutasaddilarga oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.

Sportchi qizlarni irodali g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz!
_
@eduuz
12.1K views11:29
Открыть/Комментировать
2021-11-01 10:55:43
#Professional_ta’lim

Professional ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi istiqbollar

Hozirgi kunda yangi professional ta’lim tizimida 339 ta kasb-hunar maktabi, 161 ta kollej va 214 ta texnikumlarda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tizim mehnat bozorida zarur bo‘layotgan 400 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 12,0 mingdan ortiq kasblar va lavozimlar mavjud. Ularning 2,8 ming (23%)ga ma’lumot talab etilmaydi yoki qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qish yetarli bo‘ladi. 2,5 mingga yaqin (20%) kasblar va lavozimlarda bevosita oliy ta’limda tahsil olganlar va yuqori malakali kadrlar ishlashi mumkin.

Batafsil:



Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.1K views07:55
Открыть/Комментировать
2021-11-01 08:58:19
#Qonunchilik_yangiliklari

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining Toshkent filiali tashkil etiladi

Prezident qarori (PQ–5270-son, 30.10.2021 y.) bilan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi.

Universitet Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantirildi.

Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3151

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11.2K views05:58
Открыть/Комментировать
2021-11-01 08:16:20
#Bilasizmi

Yangiliklar 24 | Toshkent davlat texnika universitetida taʼlim krediti ajratishning yangi tartibiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Ma’lumot o‘rnida, Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari OTMning kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga 7 yil muttadga beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.6K viewsedited  05:16
Открыть/Комментировать