Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 148.43K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 223

2021-11-03 15:44:42
#Xushxabar

Bo‘lajak stomatologlar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 27–29-oktabr kunlari Rossiyaning Janubiy Ural davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya mikroskop ostida” xalqaro talaba-yoshlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro olimpiadadan ko‘zda tutilgan maqsad dunyo stomatologiya yo‘nalishidagi talabalarning kognitiv tadqiqot va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ularni kompetentligini sinash va raqobatdorligini oshirishdan iborat.

Olimpiadada Toshkent davlat stomatologiya instituti Stomatologiya fakulteti talabalari ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Maftuna Eshonxo‘jayeva “Eng yaxshi terapiya” nominatsiyasi mutloq g‘olibi, Mirzoir Mirsoatov esa butunjamoa bellashuvi hisobida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Stomatolog talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz!

Eduuzdan yiroqlashmang!
15.4K views12:44
Открыть/Комментировать
2021-11-03 13:56:16 ​​#Talabalarga_maslahat

"Koreya va O‘zbekistondagi talabalarim ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshashadi, shuning uchun men bu yerda talabalar bilan osongina umumiy til topaman", — iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kim Chang Gun.

Professor Kim Chang Gun 2014-yildan Koreyaning Puchon universitetida dars bergan, 2018-yilda esa Toshkentdagi Puchon universiteti O‘quv bo‘limi prorektori etib tayinlangan.

"Universitetda pedagogik faoliyatini boshlashdan oldin 20 yil eng yirik telekommunikatsiya korporatsiyasi KT (KT Corporation)da ishladim. U yerda men keyingi avlodlarga o'tkazmoqchi bo'lgan ulkan tajribaga ega bo'ldim", — deydi professor Kim o'zining professional yo'lini tasvirlab berar ekan.

"O‘qituvchining faoliyati o‘quv materiallarini doimiy o‘rganishni nazarda tutadi. Bolaligimdan o‘qishni yaxshi ko‘rardim. Men uchun kitoblar dunyoni kashf qilish va unda ilgari hech qachon ko‘rmagan narsalarni bilish uchun yana bir imkoniyatdir. Men darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘quvchilar uchun faqat foydali bo‘lgan ma'lumotlarni tanlayman. Bugungi kunda o‘quv adabiyotlari turli xildir. Men maxsus adabiyotlarni, shuningdek, tarixga oid kitoblarni o‘rganaman va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni qidiraman".

Professorning so’zlariga ko‘ra talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishi yuqori.

"Yoshlarga orzu qilishdan to‘xtamasliklarini, o‘z oldilarga maqsad qo‘yishlarini va unga erishish uchun harakat qilishlarini istardim. Agar kimdir hayotda hali o‘z yo‘lini topmagan bo‘lsa, bu yomon emas. Oliy ta'lim muassasalarida o‘qib o‘rganib, bilim olish orqali yoshlar o‘z yo‘llarini topishlari mumkin. Va eng muhimi, ular to‘g‘ri tanlov qila olishlaridadir", – dedi professor Kim Chang Gun.



«Во многом мои студенты из Кореи и Узбекистана похожи, поэтому я легко нахожу общий язык со студентами здесь», — доктор экономических наук, профессор Ким Чан Гон.

Профессор Ким Чан Гон преподавал в университете Bucheon в Корее с 2014 года, а в 2018 году приехал на открытие Университета Пучон в Ташкенте, где занял должность проректора академического отдела.

"До начала своей преподавательской деятельности в Университете, я 20 лет проработал в крупнейшей телекоммуникационной корпорации KT (KT Corporation). Там я получил колоссальный опыт, который хотел передать следующим поколениям", — описывает свой профессиональный путь профессор Ким.

"Деятельность педагога предполагает постоянное изучение учебных материалов. Я с детства очень любил читать. Для меня книги – это еще одна возможность изучить мир и узнать то, чего я еще в нем никогда не видел. Готовясь к занятиям, я выбираю информацию, которая действительно пригодится студентам. Сегодня учебная литература очень разнообразна. Я изучаю профильную литературу, а также книги по истории, и ищу полезную для студентов информацию".

Профессор рассказал, что студенты проявляют огромное стремление к учебе.

"Я бы хотел пожелать молодым людям не переставать мечтать, ставить цели и прикладывать усилия для их достижения. Если кто-то еще не нашел свое призвание в жизни, это не страшно. Изучая разные предметы в университете, молодые люди могут найти свою стезю. И самое главное, чтобы они сделали действительно правильный выбор", — отметил профессор Ким Чан Гон.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21.0K views10:56
Открыть/Комментировать
2021-11-03 10:30:34
Talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Toshkent shahridagi Amity universitetida 10-noyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 ga qadar bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi “Career Fest – 2021” va kompaniyalar taqdimoti bo’lib o’tadi.

Yarmarkada barcha talabalar va хohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Iqtisodiyot, AKT, turizm, biznes boshqaruv sohalari bo‘yicha bo'sh ish o'rinlari.

Foydali ma'lumotlar va yetakchi korxonalar bilan tanishish imkoniyati.

Va eng muhimi, ORZUINGIZDAGI ISHNI TOPISH imkoniyati!

Kirish talabalar uchun bepul.

Qachon?

2021-yil 10-noyabr (chorshanba)

Vaqt: 13:00 dan –17:00 gacha

Qayerda?

Toshkentdagi Amity universiteti

Savollar uchun:
+99871 2079008
+99871 2079003
Telegram: @amityuzb
________
@eduuz
28.5K views07:30
Открыть/Комментировать
2021-11-02 20:24:02 Malayziya menejment va ilm-fan universitetining asoschisi bilan uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Malayziya menejment va ilm-fan universitetining asoschisi va prezidenti, professor Mohd Shukri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya vakillarini vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov qabul qildi. Suhbat davomida “Taʼlimning eng ustuvor vazifasi – sifat” shiori tarafdori boʻlgan Mohd Shukri bilan talabalar va xodimlarning akademik almashinuvi, O‘zbekistonda Malayziya menejment va ilm-fan universiteti filialini ochish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3160


Встреча с основателем Университета менеджмента и науки Малайзии

В Министерстве высшего и среднего специального образования состоялась встреча с малазийской делегацией во главе с основателем и президентом Университета менеджмента и науки Малайзии, профессором Мохдом Шукри.

Делегацию принял первый заместитель министра Комилжон Каримов. В ходе встречи Мохд Шукри, являющийся сторонником качества в образовании, сделал основной акцент на вопросах академического и научного сотрудничества, открытия филиала Университета менеджмента и науки Малайзии в Узбекистане.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/3160


A meeting with the founder of the Management and Science University of Malaysia

The ministry of higher and secondary specialized education hosted a meeting with a Malaysian delegation led by the founder and president of the Management and Science University (MSU), prof. Mohd Shukri.

The delegation was received by the First Deputy Minister Komiljon Karimov. Prof. Mohd Shukri, who is a proponent of high quality in education, focused on academic and scientific cooperation, as well as the prospects of opening a MSU branch in Uzbekistan.

More: https://edu.uz/en/news/view/3160

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.4K viewsedited  17:24
Открыть/Комментировать
2021-11-02 20:24:02
#Xalqaro_hamkorlik
5.6K views17:24
Открыть/Комментировать
2021-11-02 19:49:38
O‘zbekiston: Oliy ta’limga oqilona investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiy o‘zgarishlarga erishish

Jahon bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining sifatini yaxshilash va uning mehnat bozoriga muvofiqlik darajasini oshirishga qaratilgan.

Loyiha doirasidagi asosiy tashabbuslardan biri raqobat asosida tanlab olingan oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilgari suriladigan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun Akademik innovatsiyalar fondining (AIF) tashkil etilishi bo‘ldi.

AIF tomonidan 2019-yilda 4 million AQSh dollari miqdoridagi dastlabki loyihalar OTMning ikkita strategik yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tanlab olindi va moliyalashtirildi.

Bular:
1. Oliy o‘quv yurtlari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;
2. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish va o‘rganish amaliyotini yaxshilash.

Batafsil https://cutt.ly/cRG1olN

На русском

In English
__
@eduuz
10.5K views16:49
Открыть/Комментировать
2021-11-02 18:50:49
#Tyutorlar

Tyutorlar — talaba taqdiri uchun hammadan koʻra koʻproq mas'ul!

Oliy taʼlim tizimida yangi joriy etilgan “Tyutor” shtat birligi boʻyicha Namangan muhandislik-texnologiya institutida 31 nafar mutaxassis saralab olindi va ular uchun barcha sharoit yaratildi.

Institutda har bir tyutorga 150 nafardan talabalar biriktirilgan boʻlib, ular talabalarning tarbiyasi, axloqi, oʻqish jarayoni, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, shuningdek, ijarada va talabalar turar-joyida yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi real holatni oʻrganishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
18.4K views15:50
Открыть/Комментировать
2021-11-02 17:44:10
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Xoliyorov O‘ral Mengliyevich Termiz davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

O‘ral Mengliyevich 1979-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Termiz davlat universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiya va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
_____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19.8K viewsedited  14:44
Открыть/Комментировать
2021-11-02 16:44:02
#Xushxabar

TALABALARIMIZ JAHON CHEMPIONI

Joriy yilning 28–30-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida sportning “Belbog‘li” kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida XIX Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari – Oybek Sultonov 68 kg vazn toifasida, Maftuna Mahmudova 66 kg vazn toifasida jahon chempionati shohsupasida mamlakatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardi.

Polvon talabalarimizni erishgan g‘alabalari bilan chin dildan qutlaymiz va kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
22.1K views13:44
Открыть/Комментировать
2021-11-02 16:03:57
#Prezident_qaroriga_sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

2022-yil yakuniga qadar Institutda talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi.

Batafsil videosharhda tanishing!!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21.0K views13:03
Открыть/Комментировать