Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O‘zbekiston: Oliy ta’limga oqilona investitsiyalarni jalb etis | Edu.uz

O‘zbekiston: Oliy ta’limga oqilona investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiy o‘zgarishlarga erishish

Jahon bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining sifatini yaxshilash va uning mehnat bozoriga muvofiqlik darajasini oshirishga qaratilgan.

Loyiha doirasidagi asosiy tashabbuslardan biri raqobat asosida tanlab olingan oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilgari suriladigan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun Akademik innovatsiyalar fondining (AIF) tashkil etilishi bo‘ldi.

AIF tomonidan 2019-yilda 4 million AQSh dollari miqdoridagi dastlabki loyihalar OTMning ikkita strategik yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tanlab olindi va moliyalashtirildi.

Bular:
1. Oliy o‘quv yurtlari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;
2. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish va o‘rganish amaliyotini yaxshilash.

Batafsil https://cutt.ly/cRG1olN

На русском

In English
__
@eduuz