Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Xushxabar OʻzDJTSUning 3 nafar talabasi jahon chempionati gʻ | Edu.uz

#Xushxabar

OʻzDJTSUning 3 nafar talabasi jahon chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlishdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dzyudochilarimiz ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Biz uchun quvonarlisi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti Diyora Keldiyorova (-52 kg) hamda dzyudo ixtisosligi yoʻnalishi talabalari Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan boʻlsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.

Harbiy sportchi talabalarimizni g‘alaba bilan qutlab, ularning kelgusi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
__
@eduuz