Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 141.04K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 209

2021-11-18 18:22:01 #Qabul_2021 | #Professional_taʼlim

Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining OXIRGI KUN natijalari e’lon qilindi

2021-yil 17-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

17-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
15.8K views15:22
Открыть/Комментировать
2021-11-18 17:47:01
#Talaba_minbari

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

Ta’lim olishning qaysi usullari eng samarali sanaladi?

Siz o‘rgangan materialingizning 90% ni xotirada saqlab qolmoqchimisiz?

Unda qaysi usuldan foydalanish afzal?

Yuqoridagi video orqali ushbu savollarga javob olasiz.

Matnli javob
bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16.6K views14:47
Открыть/Комментировать
2021-11-18 15:46:53
#Xushxabar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI SUGʻDIYONA JALOLDINOVA JAHON CHEMPIONI

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida qoʻl jangi boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari safida talabalar ham munosib ishtirok etdi.

Musobaqada Andijon davlat universiteti talabasi Sugʻdiyona Jaloldinova (65kg) vazn toifasida 1-o'rinni egallab, yurtimizga oltin medalni tuhfa qildi hamda davlatimiz bayrogʻini yana bir bor yuqori koʻtardi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21.9K views12:46
Открыть/Комментировать
2021-11-18 15:20:44
Bayrog‘im — faxrim! | 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

——————————
Мой флаг – моя гордость! | 18 ноября – день принятия Государственного флага Республики Узбекистан

——————————
My flag is my pride! | November 18 - the day of adoption of the State Flag of the Republic of Uzbekistan

@tsulofficial

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
18.0K views12:20
Открыть/Комментировать
2021-11-18 13:30:18
TATU Qarshi filialida inkubatsiya markazi ochildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialida yoshlarga oʻz gʻoyalarini innovatsion loyihalarga aylantirishda yordam beradigan inkubatsiya markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari, startap loyihalari taqdimoti ham oʻtkazildi.

Mazkur inkubatsiya markazida talabalar uchun turli amaliy trening, musobaqa, xakaton va seminarlar tashkil etib boriladi va oʻzlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkor sifatida namoyon etishlariga yordam beradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.0K views10:30
Открыть/Комментировать
2021-11-18 13:15:11
#Milliy_bayrogʻimiz
yoshda
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

Termiz davlat universiteti talabalaridan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.7K views10:15
Открыть/Комментировать
2021-11-18 12:57:16
Talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy, yarim final bosqichi joriy yilning 3-12-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi.

Yarim final bosqichida jami 21 ta OTMarining talabalar teatr studiyalari jamoalari oʻzaro 6 ta mintaqaga boʻlingan holda oʻzaro bellashdilar.

Yarim final bellashuvlari yakuniy natijalariga koʻra quyidagi jamoalar final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar:

ADTI “Shifokorlar” jamoasi;
FarJSTI “Nastarin” jamoasi;
QarMII “Nihol” jamoasi;
TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” jamoasi;
TDPU “Ziyo” jamoasi;
CHDPI “Nihol” jamoasi.

Talabalar teatr studiyalari festivali Respublika final bosqichi dekabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Finalda ishtirok etadigan barcha jamoalarga omad tilab qolamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.9K views09:57
Открыть/Комментировать
2021-11-18 12:25:13
#Milliy_bayrogʻimiz
yoshda

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaydi!

O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.6K views09:25
Открыть/Комментировать
2021-11-18 11:55:24
#Master_klass

Toshkent davlat yuridik universitetida “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida master-klass tashkil qilindi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov “Global fikrlash va diplomatik faoliyat” mavzusida talabalar uchun taqdimot qilib berdi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.9K views08:55
Открыть/Комментировать
2021-11-18 10:05:11 Edu.uz rasmiy kanali pinned a photo
07:05
Открыть/Комментировать