Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 142.21K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 207

2021-11-22 09:51:36
#Xushxabar

OʻzDSMI magistranti xalqaro festivalda biryо‘la ikki mukofotni qо‘lga kiritdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti, yosh rejissiyor Shokir Xoliqov animatsion filmlar vatani bо‘lgan Yaponiyada bir yо‘la ikki mukofotni qо‘lga kiritdi.

Yaponiyada о‘tkazilgan DigiCon6 Asia animatsion filmlar festivalida Shokir Xoliqovning “Qiz va Bulut” animatsion filmi ikki mukofotni: “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlariga sazovor bo’ldi hamda 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Maʼlumot o‘rnida, Shokir Xoliqov bungacha 40 dan ortiq xalqaro festivallar g‘olibi boʻlgan edi. U boshchiligidagi о‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan ishlangan qisqa metrajli “Messi” nomli filmi ham “48 Hour film race” festivalining biryо‘la ikkita mukofoti “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi drama” nominatsiyalari bо‘yicha g‘olib deb topilgan.

“Messi” filmini koʻrish:


____
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.1K views06:51
Открыть/Комментировать
2021-11-22 06:00:53
JizDPI pedagoglari Portsmud universitetida malaka oshirmoqda

Jizzax davlat pedagogika instituti bilan Buyuk Britaniyaning Portsmud universiteti oʻrtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida chet tillar fakultetining 8 nafar professor-oʻqituvchisi Portsmud universitetiga “Continuous Professional Development Course” malaka oshirish kursiga yuborildi.

Ushbu malaka oshirish kursi orqali fakultet professor-oʻqituvchilari xorijiy tillarni oʻqitishning ilgʻor, zamonaviy texnologiyalari, yondashuvlari, xorijiy tajribalardan foydalanish kabi bilim va tajribalarga ega boʻlib qaytishadi.

Bunday xalqaro hamkorliklar oliy oʻquv yurtlarining nufuzi va salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
____
@eduuz
15.7K views03:00
Открыть/Комментировать
2021-11-21 20:46:31
#XUSHXABAR

Tariximizda ilk bora yurtdoshimiz Karate boʻyicha WKF jahon chempioni boʻldi

Musobaqada dunyoning besh qitʼasidagi 104 ta davlatdan 983 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Sport huquqi” mutaxassisligi magistranti Doston Otabolayev Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida -75 kg vazn toifasida jahon chempioni boʻldi.

U final jangida misrlik raqibini taslim etib, O‘zbekiston karate WKF olamidagi tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Barakalla, azamat! Biz sen bilan faxrlanamiz!!!
__
@eduuz
11.3K views17:46
Открыть/Комментировать
2021-11-20 17:57:52
#Til_bilimdoni_tanlovi

Talaba-yoshlar va oʻqituvchilar diqqatiga!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markaziTil bilimdonlari” tanloviga start beradi.

Onlayn tanlov:

1-bosqich: 21-noyabr;
2-bosqich: 22-noyabr;
3-bosqich: 24-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar, professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun @tilbilimdonlaribot elektron manzili orqali roʻyxatdan oʻtiladi.

Tanlov yakunida gʻoliblar I, II, III darajali diplom hamda mos ravishda 2 million, 1.5 million va 1 million soʻm pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi | batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
33.7K views14:57
Открыть/Комментировать
2021-11-20 17:12:56 O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti

Toshkent davlat texnika universitetida «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Yurtimiz tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak, ajdodlarimiz bag‘rikenglik tamoyiliga o‘tmishning barcha davr va bosqichlarida amal qilganiga amin bo‘lamiz. Xalqimiz tafakkurida asrlar osha yashab kelayotgan bu qadriyat bugun yanada ravnaq topmoqda. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib yashamoqdalar.
14.5K views14:12
Открыть/Комментировать
2021-11-20 15:57:32
"Albatta, bizning talabalarimiz dunyo talabalari bilan bellasha oladi" Kongratboy Sharipov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti haqida yetarlicha ma'lumotga egamisiz?

Universitet rektori Kongratboy Sharipovning "Bright Uzbekistan" loyihasi doirasida bergan intervyusini ko‘rib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

To‘liq intervyu



Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
17.4K views12:57
Открыть/Комментировать
2021-11-20 14:45:34
#Free_time

“Toshkent yoshlarni sevadi”: «Magic City» bogʻida mega shou boʻlib oʻtadi

Bugun 20-noyabr kuni soat 18:00da «Magic City» bogʻida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida mega shou tashkil etiladi. Darsdan boʻsh vaqtlarda maroqli dam olish uchun tavsiya.

Mega shouga kirish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.0K views11:45
Открыть/Комментировать
2021-11-20 12:01:36
Xushxabar! Nukus DPI qizlar terma jamoasi voleybol boʻyicha Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi boʻldi

Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi «Metallurg» sport majmuasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston superkubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Xotin-qizlar oʻrtasida ikki kun davom etgan musobaqada Oʻzbekiston kubogi gʻolibi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining «NDPI» qizlar terma jamoasi Oʻzbekiston chempioni, azaliy raqibalari boʻlgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «SKUF» jamoasiga qarshi oʻynadi.

Musobaqaning dastlabki kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining «NDPI» qizlar terma jamoasi raqibalarini 3:1 hisobida yengib chiqqan boʻlsa, bugun, 20-noyabr kuni boʻlib oʻtgan musobaqaning ikkinchi kunida ham «SKUF» jamoasi qizlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – hisob 3:0.

Batafsil ma’lumot https://ndpi.uz/uz/2021/11/20/16597/

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
15.1K viewsedited  09:01
Открыть/Комментировать
2021-11-19 18:13:24
#Kun_mavzusi

O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida kredit-modul tizimini muvaffaqiyatli joriy qilgan oliygohlardan biri - Toshkent davlat yuridik universiteti.

Ushbu oliygohda kredit-modul tizimi qanday ishlaydi?


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.0K viewsedited  15:13
Открыть/Комментировать
2021-11-19 17:09:25 #Olimpiada

TALABALAR DIQQATIGA!

"Qori Niyoziy" olimpiadasi e'lon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasiga start berildi.

Talabalar "Qori Niyoziy" olimpiadasining asosiy saralash bosqichida ishtorok etishi uchun @khiso_uz1_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim!

21-noyabr kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar olimpiadaning asosiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.

Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 25 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Final bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 750.000 so‘m;
2-o‘rin: 600.000 so‘m;
3-o‘rin: 450.000 so‘m;
4-o‘rin: 300.000 so‘m;
5-o‘rin: 150.000 so‘m;

Testlar soni 30 ta bo‘lib, 3 xil qiyinlik darajasida va 3 xil baholash asosida beriladi:

(1-10) 10 ta sodda testga 9 balldan
(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 15 balldan
(21-30) 10 ta murakkab testga 26 balldan;

Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bilan tanishib chiqing: t.me/khiso/3072

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20.8K views14:09
Открыть/Комментировать