Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 141.04K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 208

2021-11-19 15:40:50
#Qonunchilik_yangiliklari

Rasman abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinishi tasdiqlandi

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11-yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.
_____
@eduuz
11.3K views12:40
Открыть/Комментировать
2021-11-19 12:47:47
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Aksilkorrupsiya haftaligi boshlandi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli qaroriga asosan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Batafsil
_
@eduuz
19.1K views09:47
Открыть/Комментировать
2021-11-19 10:51:52
#Bilasizmi?

Ta'lim oluvchining uch toifasi mavjud...

Birinchisi,
eshitish orqali o'rganuvchilar (“auditory learners”), ya'ni tinglash (“listening”) orqali ko'proq bilim oladiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar kitob o'qishdan ko'ra ma'ruza hamda axborot tinglashni afzal ko'radilar.

Ikkinchisi, vizual o'rganuvchilar (“visual learners”), ya'ni diqqatini ko'rayotgan, kuzatayotgan narsalarga qaratadiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar esa biror narsani tushunish va eslab qolish uchun uni o'z ko'zlari bilan ko'rishni afzal ko'radilar.

Uchinchisi, tajribalar orqali yoki kinestetik o'rganuvchilar (“experiential”, “kinesthetic learners”), ya'ni biror-bir narsani bajarish, tajribalar o'tkazish, sinash orqali o'rganadiganlar.

Xo'sh, siz ushbu uchta toifadagi o'rganuvchilardan qaysi biriga kirasiz?


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.7K views07:51
Открыть/Комментировать
2021-11-19 08:47:40
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga joʻnab ketdi.

Oliy darajadagi muzokaralar bugun Moskva shahrida boʻlib oʻtadi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина отбыл с визитом в Россию.

Переговоры на высшем уровне состоятся сегодня в Москве. Главы государств обсудят вопросы дальнейшего укрепления двусторонних отношений стратегического партнерства и союзничества. Предусмотрено подписание ряда документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
9.2K views05:47
Открыть/Комментировать
2021-11-18 20:15:18
Grant o‘rinlari uchun tanlovga onlayn ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

2022/2023-o‘quv yilida Rossiya oliy ta'lim muassasalarida o‘qish uchun O‘zbekiston fuqarolariga ajratilgan grant o‘rinlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Tanlov uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish https://education-in-russia.com/

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati – joriy yilning 25-noyabr kuni.

Ma’lumot uchun: Rossiya Hukumati tomonidan har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun ta’lim grantlari ajratib kelinadi va bu yil ushbu grantlar soni 750 taga yetdi. Bu 2021/2022-o‘quv yili uchun ajratilgan ko‘rsatkichdan deyarli 2 barobar ko‘p demakdir. Grantlar Rossiya OTMda bakalavriat, mutaxassislik, magistratura va aspirantura bosqichlarida o‘qish uchun ajratiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: https://www.facebook.com/uzbrsgov/

На русском: https://edu.uz/ru/news/view/3248

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.2K views17:15
Открыть/Комментировать
2021-11-18 20:01:51
#Milliy_bayrogʻimiz
yoshda

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

Fargʻona politexnika instituti talabalaridan tabrik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.7K views17:01
Открыть/Комментировать
2021-11-18 19:45:09
#Millatim_faxrisan_Bayrogʻim #Bayrogʻim_gʻururim #bayroq_30 #bayroq_kuni #bayroq_challenge

Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9.9K views16:45
Открыть/Комментировать
2021-11-18 19:31:18
#Eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Bayram tadbirida oliy taʼlim muassasalari talabalari, tyutorlar, vazirliklarning masʼul vakillari, taniqli estrada yulduzlari va harbiylar ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

Taniqli sanʼatkorlar, shoirlar, fidoyi maʼnaviyatchilar qatorida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Otabek Bozorov ham mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Otabek Bozorovni ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ishlariga mavaffaqiyat tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.7K views16:31
Открыть/Комментировать
2021-11-18 19:11:03
SamDTIda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining I forumi bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining I forumi oʻz ishini boshladi.

Forumda 8 ta tibbiyot oliy ta'lim muassasasidan tashrif buyurgan 100 dan ortiq talabalar ishtirok etmoqda.

Forumdan maqsad tibbiyotninig fundamental va amaliy fanlari boʻyicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilishdir.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3247

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.3K views16:11
Открыть/Комментировать
2021-11-18 18:54:28
#Milliy_bayrogʻimiz
yoshda

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!

Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi Baxtiyor Xolmirzayevdan

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
14.9K views15:54
Открыть/Комментировать