Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ratatuy Fransuz oshxonasining an'anaviy sabzavotli taomini t | Блюда | Рецепты | Выпечка |

Ratatuy

Fransuz oshxonasining an'anaviy sabzavotli taomini tayyorlash resepti bilan o'rtoqlashmoqchiman

Masalliqlar:
Baqlajon - 1 ta
Tsukkini - 1 ta (shart emas)
Kabachok (qovoqcha) - 1 ta
Pomidor - 3 ta
Pomidor pyuresi - 500gr
Piyoz - 1 ta
Zaytun yoki pista yog'i - 2 osh qoshiq
Тuz, ko'kat va ziravorlar - ta'bga ko'ra

Tayyorlanishi:
1. Pechni 180°C da qizdiramiz. Zabzavotlarni aylana shaklida kesib chiqamiz.

2. Tovada yog'ni qizdirib, piyozni qovurib olamiz. Tuz, ziravorlar va pomidor pyuresini solib, bir-necha daqiqa qaynatib olamiz.

3. Pomidorli smesimizni dumaloq qolipga quyib, ustidan sabzavotlarimizni chiroyli qilib terib chiqamiz. Ko'kat va ziravorlardan sepib, ustini alyumin fol'ga bilan o'rab qo'yamiz.

4. Qizigan pechda taxminan 30-35 daqiqa pishirib, so'ng fol'gasiz yana 20 daqiqa pishirib olamiz. Tayyor. Yoqimli ishtaha!

#issiqtaom #ovqatlar #iftorlik #saharlik

Yaqinlaringizga ham yuboring

Instagram | Telegram | Admin