Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

;)

Логотип телеграм канала @allammbalo — ;) A
Логотип телеграм канала @allammbalo — ;)
Адрес канала: @allammbalo
Категории: Бизнес и стартапы
Язык: Русский
Количество подписчиков: 32

Рейтинги и Отзывы

1.67

3 отзыва

Оценить канал allammbalo и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

0

1 звезд

2


Последние сообщения

2023-02-12 13:52:16 -Har doim ko'zlaringa qarasam, judayam chiroyli narsani ko'raman...
-Rostdanmi? Nima ekan?
-O'z aksimni)
-...
.....
15 views10:52
Открыть/Комментировать
2023-02-07 22:23:05 Ярим кеча.
Чўчиб уйғондим
Ваҳимали қасир-қусирдан.
“Жон-жон...” дея лаҳзада тондим
Ширин уйқу – ўлик ҳузурдан.

Қалтироғи тутган хастадай
Жазавага тушар эди уй.
Илашмасди кўзга ҳассадай
Бир суянчиқ... қочиш – якка ўй.

Шақирларди ойналар синиб,
Тўкиларди бор буюм-анжом.
Бир бурчакда қақшаб-қисиниб,
Турардим... Оҳ, бунча ширин жон?!

Бақраярди беҳаё ўлим,
Гўё тунда ўлпон йиғарди...
Бир қўлимда ухларди ўғлим,
Бир қўлимда қизим – йиғларди.

Ярим кеча. Бешинчи қават,
“Ла илаҳа иллалоҳ...” – нажот.
Ҳаммамизни зулматга қамаб,
Силкир эди Мангу Бедор Зот.

Тилар эди: бўғзини тилиб,
Осмон бўлсин осий оҳ-воҳи –
Афв тиласин то тавба қилиб
Ва тўкилсин дув-дув гуноҳи...

...Ўз йўлига кетди зилзила,
Шақир-шуқур юкини судраб.
Яна сокин, лоқайд дил ила
То тонггача чўзилдик мудраб.

Даҳшат эди асабий титроқ,
Шукур, кечди – имилламади.
Бутун Замин силкинди, бироқ
Тошюраклар қимирламади...

2005
Нодир Жонузоқ
41 views19:23
Открыть/Комментировать
2023-02-03 14:40:40 روی قلبم جا بماند حالم را خدا بداند
17 viewsedited  11:40
Открыть/Комментировать
2023-01-30 09:11:34 Qabristonda kecha yoqqan qor,
Mildir-mildir erib yotibdi.
Go'r ustida bir it ingrab zor,
Loyga bag'rin berib yotibdi.

Kecha tobut ko'tarilgan dam,
U beorom yugurgan yelgan,
Quvsalar ham tosh otsalar ham,
El ortidan mozorga kelgan.

Otasidan ayrilsa agar,
Buncha kuymas odam bolasi.
Yolg'on edi kecha yig'ilar,
Rost edi shu itning nolasi.

Sovuq tunda qotib diydirab,
Qabrga u qo'yib yotdi bosh.
Erigan qor kabi mildirab,
Ko'zlaridan tinmay oqdi yosh.

Biz insonmiz - sohibi dunyo
Qudratlimiz, mag'rurmiz to'qmiz.
Sadoqatda mehrda ammo,
Shu bechora bir itcha yo'qmiz...

Erkin Vohidov
20 views06:11
Открыть/Комментировать
2023-01-20 06:07:33 Xabar keldi telefonimga
Sizda qoldi kam miqdor mablag',
Hayrat bilan, alamda deyman
Buncha ham tez tugadi ablah.

Sentlarini sentga qo'shaman
Ishlataman o'ylanib uni,
Mablag' bilan hisoblashaman
Hisobsizday Xudoning kuni.

Tugmalarga yugurar qo'lim
Yana hisob bilmoqlik uchun
Ammo, nega qiziqmas o'lim,
Qachon ekan hisob bilmoq kun?

Falsafalar chiqar hisobdan
Ajal kelmas mablag' olgani,
Qani edi, umrlarga ham
Xabar kelsa qancha qolgani.

Balki shunda bilardim fursat
Qiymatini, uning qadrini
Tiriklikda yurgan omonat
Do'st dardini, onam sabrini.

To'lov uchun shoshilaman jim
Hisob yonsa borimni beray,
Ammo, Olloh behuda umrim
Hisobini qanday to'ldiray...?
57 views03:07
Открыть/Комментировать
2023-01-10 20:25:11 '' Kuz faslida to'kilmagan barg, boshqa barglar ko'ziga xiyonatkor, daraxt ko'ziga vafodor, fasllar ko'ziga esa isyonkor bo'lib ko'rinadi.''

Maksim Gorkiy
7 views17:25
Открыть/Комментировать
2023-01-03 22:22:37 6 yoshdasan. Ertalab hammadan barvaqt turib yuzingni pala-partish yuvib, televizor ko'rishga o'tiribsan. Balki ming marta ko'rgan multfilmingni hech ko'rmagandek qaytadan hayajon bilan ko'ryapsan. O'sha paytlarda har kun hayajonlanib uyqudan uyg'onar eding, chunki yagona muammoying o'sha ming marta ko'rgan multfilmingni ko'rish edi. Hozir esa uyqudan hayajonlanib uyg'onmaysan.

Chunki ulg'ayding...
13 views19:22
Открыть/Комментировать
2022-12-13 20:46:04 -Salom, qalbingizdan menga xona berasizmi? Men uni ijaraga olmoqchi edim.
-Ha, keling.
Yangi qo'shnilaringiz bilan tanishing. O'ng tomondagi xonada kichkinagina, qo'rqqan bir burchakka quvilgan baxt yashaydi. Yo'lakdan ketayotganingizda ehtiyot bo'lib yuring, bu yerda chil-chil bo'lgan umid yotibdi.
-Nega vanna muz bilan to'ldirilgan?
-U yerda ko'ngil bor. Muz uni kengayishini sekinlashtiradi. Mana bu xona sizniki. U yaqinda bo'shadi.
-Unda kim yashagandi?
-Orzu.
10 views17:46
Открыть/Комментировать
2022-12-02 12:45:28 Shunchaki...

Sanchib qoldi shu damda nogoh
Yuragimning qay bir burchagi,
Ne sababdan - emasman ogoh
Sen yodimga tushding shunchaki...

Hayotimga kirganida kuz,
Ochilgandek hislar kurtagi,
Garchi burib ketgan eding yuz
Sen yodimga tushding shunchaki...

Endi afsus qilmoqqa ham kech,
Nadomatning yo'qdir keragi,
Eslamading garchi meni hech
Sen yodimga tushding shunchaki...

O'tib ketdi eng qiyin damlar,
Hijron - o'tmish, Dard ham kechagi
Faqat dilda qo'zg'ab alamlar,
Sen yodimga tushding shunchaki...

Kulib turib boqaman ko'kka
Aqlim emas qalbim ermagi,
So'z bergandim, she'r yozmaslikka
Sen yodimga tushding shunchaki...
10 views09:45
Открыть/Комментировать
2022-11-17 02:00:32 Kuz — borliqning bitmas hazili,
Ayriliqqa azob bo'lgan tush.
Kuz — sog‘inchning so‘ngsiz sohili,
Judolikdan jabr ko‘rgan qush.

Kuz — ruhimga rang bergan rassom,
Xayollarni to‘zg‘itgan shamol.
Kuz — bulutlar bag'ridagi shom,
Mezonlardan yaralgan jamol.

Kuz — qahvarang, qahrli dardlar,
Oshiq yigit izhor etgan oh.
Xazonbargga bitilgan xatlar,
Xazonrangga aylangan nigoh.

Kuz — qadrdon turnalar kabi,
Olislarga ketayotgan men...
45 views23:00
Открыть/Комментировать