Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Xabar keldi telefonimga Sizda qoldi kam miqdor mablag', Hayrat | ;)

Xabar keldi telefonimga
Sizda qoldi kam miqdor mablag',
Hayrat bilan, alamda deyman
Buncha ham tez tugadi ablah.

Sentlarini sentga qo'shaman
Ishlataman o'ylanib uni,
Mablag' bilan hisoblashaman
Hisobsizday Xudoning kuni.

Tugmalarga yugurar qo'lim
Yana hisob bilmoqlik uchun
Ammo, nega qiziqmas o'lim,
Qachon ekan hisob bilmoq kun?

Falsafalar chiqar hisobdan
Ajal kelmas mablag' olgani,
Qani edi, umrlarga ham
Xabar kelsa qancha qolgani.

Balki shunda bilardim fursat
Qiymatini, uning qadrini
Tiriklikda yurgan omonat
Do'st dardini, onam sabrini.

To'lov uchun shoshilaman jim
Hisob yonsa borimni beray,
Ammo, Olloh behuda umrim
Hisobini qanday to'ldiray...?