Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Kuz — borliqning bitmas hazili, Ayriliqqa azob bo'lgan tush. K | ;)

Kuz — borliqning bitmas hazili,
Ayriliqqa azob bo'lgan tush.
Kuz — sog‘inchning so‘ngsiz sohili,
Judolikdan jabr ko‘rgan qush.

Kuz — ruhimga rang bergan rassom,
Xayollarni to‘zg‘itgan shamol.
Kuz — bulutlar bag'ridagi shom,
Mezonlardan yaralgan jamol.

Kuz — qahvarang, qahrli dardlar,
Oshiq yigit izhor etgan oh.
Xazonbargga bitilgan xatlar,
Xazonrangga aylangan nigoh.

Kuz — qadrdon turnalar kabi,
Olislarga ketayotgan men...