Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Oʻzbekiston-Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtiro | TDSI rektori Nodir Kadirovich Xaydarov

Oʻzbekiston-Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Unda Oʻzbekiston tomonidan 30 tadan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. Polsha tomondan Taʼlim va fan vaziri Pshemislav Charnek, Polshaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Radoslav Gruk, Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlar Kengashi prezidenti Arkadius Mezyuk va 10 dan ziyod oliy taʼlim muassasasi rektorlari oʻz maʼruzalari bilan qatnashishdi.
Anjumanni oʻtkazishdan maqsad ikki mamlakat oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar aloqalar, oliy va professional taʼlim, fan hamda innovatsiyalar yoʻnalishlaridagi munosabatlarni chuqurlashtirishni ishonchli asoslantirish, xususan, talabalar mobilligi dasturlari va akademik almashinuvlarni rivojlantirish, axborot texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasida erishilgan yutuqlarni oʻzaro oʻrtoqlashish, ilmiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.