Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Shashlik Masalliqlar: Mol go‘shti 500 gr Soya sousi 50 gr | 🍲🍕 RETSEPTLAR 🍕🍲

Shashlik

Masalliqlar:

Mol go‘shti 500 gr
Soya sousi 50 gr
O‘simlik yog‘i 100 ml
Piyoz 2 dona
Lavash xamiri 3 dona
Mayda piyoz 10 dona
Cherry pomidori 10 dona
Ziravor
Dungan qalampiri
Murch va tuz

Tayyorlanishi:

- 1ta piyozni to‘g‘rab, ko‘katlar va murch aralashtiring;
- Go‘shtni kub shaklida maydalang, cherry pomidorlarini 2 ga bo‘ling va kichik piyozlarni butun holatda qoldiring;
- Kub shaklida to‘g‘ralgan go‘sht, pomidor va piyozni tartib bilan sixga joylashtiring;
- Marinadlash uchun 1 bosh piyoz, o‘simlik yog‘i, soya sousi va murch solib blenderda maydalang;
- Sixlar ustidan tayyorlangan sousni quying va 1 soat shu holatda saqlang;
- Marinadlangan yarim tayyor shashliklarni va Dungan qalampirini qizdirilgan tovada pishirishni boshlang;
- Ustiga lavash xamirini yopib, qizdirib oling va tayyor bo‘lgan shashliklarni xamirga o‘rang;
- Yoniga qalampirlar , mayda to‘g‘ralgan piyoz va murch bilan dasturxonga torting.