Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Afg’onistonda Panjsher vodiysi uchun kurash davom etmoqda. Tol | ЎЗБЕКИСТОН ВАТАНИМ

Afg’onistonda Panjsher vodiysi uchun kurash davom etmoqda. Tolibon va unga qarshi mahalliy kuchlar 2-sentabr kuni ham jang qilgan. Har ikki tomondan ko’p yo’qotishlar bo’lgani aytilmoqda. 2-sentabr, 2021.

“Toliblar katta talafot ko’rdi. Qariyb teng yarmini yo’q qildik. Yana hujum qilsa, jang qilishga tayyormiz. Oxirgi nafasimizgacha urushamiz”, - deydi Ahmad Mas’ud boshchilik qilayotgan mahalliy jangchilardan biri.

Tolibon vakillari esa ijtimoiy tarmoqlarda Panjsherga kirganini aks ettiruvchi videolar tarqatdi. Viloyatning bir qancha tumanlarini qo’lga olganini iddao qilmoqda. Guruh vodiyga olib boruvchi yo’llarni to’sib qo’ygan.