Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

kitobоокнига♾

Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾ K
Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾
Адрес канала: @kitobooknigam
Категории: Книги
Язык: Русский
Количество подписчиков: 508
Описание канала:

@kitobees (kitob galereyasi)
https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru

Рейтинги и Отзывы

2.33

3 отзыва

Оценить канал kitobooknigam и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

2


Последние сообщения 15

2021-08-01 11:43:57

@kitobooknigam
837 views08:43
Открыть/Комментировать
2021-08-01 08:47:52 MOTIVATSIYAGA KIMNING ISHI TUSHGAN?

Motivatsiya so‘zi iste’molga kirdi. Besh yillar oldin bu so‘zni qo‘llash oliftachilik belgisi edi. Bugun yoshlarning hammasi motivatsiya izlab yo‘lga chiqqandek. Ayrimlar esa motivatsiya do‘konlarini ochishgan.

Motivatsiya so‘zining ma’nosi qo‘llanayotgan matnga ko‘ra insonning bir ish qilishi uchun ruhlanishi, rag‘batlanishi, ilhomlanishi ekan. “Ong ostidagi blok”larni yechsa, bu motivatsiya paydo bo‘lar ekan.

Qolgan shu kabi gaplar biroz kitob o‘qigan, biroz tizimli ilm olgan va fanning fundamental asoslaridan xabardor insonga jiddiy tuyulmaydi. Chunki ilmiy istilohda ko‘pchilik ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Qolaversa, musulmon, irodali insonning motivatsiyaga ehtiyoji yo‘q. Hayot kitobini o‘qimagan, olimlar suhbatida bo‘lmagan, mustaqil izlanmagan va mustaqil izlanishga intilmaydiganlar uchun aldamchi bir ro‘yoning nomi motivatsiyadir.
Inson hayotda rozi yashashi uchun o‘zi istagan ishni qilishi kerak. Uning uchun istashi kerak. O‘zini ming yilda bir keladigan qiron sohibi deb ishonishi shart emas. Shunchaki, Alloh unga umrni nima uchun berganligini chuqur anglashi lozim, xolos. Murakkablashtirishga hojat yo‘q.

Inson biror kasb yo hunardan malaka orttirishi kerak. Ya’ni u biror sohani yaxshi o‘zlashtirish lozim. Buning uchun o‘zi qiziqqan yo‘nalishga kiradi, ustoz topadi, undan o‘sha hunar yo kasbni o‘zlashtiradi, so‘ng shu asosda ishlaydi, yillar o‘tib unda malaka shakllanadi. Mahoratli inson sifatida tilga tushadi. Halollik, vijdon, to‘g‘rilik kabi sifatlar esa tarbiya bilan yuzaga chiqadi. Motivatsiyaning bunga aloqasi bormi, yo‘qmi, bilmayman.

Umuman, iymoni mukammal inson uchun motivatsiyaning nima keragi bor? Unga hayotda jo‘shib, yonib, g‘ayrat va shijoat bilan yashashi uchun iymoni va Islomi kifoya emasmi? “Ong ostidagi blok”lari qayerdan chiqdi? Mo‘min uchun nafs va shaytonga qarshi kurashmoq asosiy ish emasmi?
Har narsaning o‘z nomi bor va o‘sha nom bilan uni atamoq lozim. Inson o‘zini tanlangan deb ishontirishidan ko‘ra Yaratganning as-Sami’, al-Basiyr, al-Xobir ekanligini his etmog‘i maqbul emasmi?

Aqlni uyg‘otish uchun tirishgandan ko‘ra ko‘ngilni uyg‘otmoq lozim. “Ko‘ngilning ko‘zlari nurga to‘la, aqlning ko‘zi a’modir” deydi Alisher Navoiy hazratlari.

Motivatsiya, aql va shu kabi safsatalarni yig‘ishtirib, asosli bir ilm o‘rganmoq, fundamental fanlar tahsili uchun jiddu jahd qilmoq bilan ratsional olamga qadam qo‘yiladi. Motivatsiya, trening va shu kabilar insonlarni, yoshlarni irratsional, irreal, vahmnok, noma’lum va tumanli bir hududga olib kiradi. Bu kabi odamlar bir kuni ortga boqib, treninglarda motivatsiya izlab o‘tkazgan vaqtining behuda ketganiga guvoh bo‘ladilar.

Darvoqe, treninglar pul ishlashning yangi uslubi va ommaviy ilmsizlik va sa’viyasizning rad etib bo‘lmas dalilidir.

Akrom MALIK



@kitobooknigam
1.6K viewsedited  05:47
Открыть/Комментировать
2021-07-30 22:11:45 ​​Shunisi ma'qul...

Tun,
12:07

@kitobooknigam
784 viewsedited  19:11
Открыть/Комментировать
2021-07-30 10:31:07 ​​"Оқ нилуфарлар юртида"

Баъзан шунақа китоблар бўлади, "қанийди хамма шу китобни ўқиб кўрса, эҳ қанийди шу хақида биладиганлар кўпайса ўқиганлар сабаб, фикрлаш тарзимиз ўзгарармиди" дейдиган китоб турлари бўлади, бу китобни шунақа китоб турига киритсам адашмасам керак.

Китобни ўқиган-да яққол бир миллатни ботқоқликда секин аста жонланиши кўрасиз. Баъзи қисмлари эртакдек туюлади, лекин дунё миқёсида Финларни таълим бўйича эгаллаган ўринларини инкор қилолмайсиз-ку.
ҳар бир ўқитувчига ўқитган бўлардим дегим келади, лекин ҳар биримиз бир карра ўқисак тўғрироқ бўларди чунки ҳаммамиз ҳам бу ҳаётда бир-биримизга ниманидир ўргатишга сабабчи бўламиз.
Мутолаа давомида баланд парвоз жумлалардан холи қанадайдир самимийликни туясиз. "мана, бўларкану, ҳаракатни кеч бўлсада бошлашгани ва натижаларини, хосилини кўришаётгани" демасдан иложингиз қолмайди.

Мен бирор бир миллатни бошқа бир миллатга солиштириб ундан хулоса чиқармоқчи эмасман, бу китобдан олган энг катта хулосам инсон руҳиятини "сўз" билан ё тирилтириш ёки ўлдириш мумкин. Ҳа айнан "СЎЗ" билан.

Охирги вақтларда бундай кўтаринки рухда мутолаа бўлмаган эди. Ўзимни шахсий ривожланиш йўлимда белгилаган айрим тартибларимга қўшимчаларни мана шу китоб сабаб киритдим. Мусобақалашмасада олинган қадрни, мусобақалашмасада берилган натижаларни кўрдим. Хайрат учқунларим ҳам жаранглади.
Ичимда янграган ўша хис яхшиям таржима қилинди айнан шу китоб ва яхшиям китоблар бор.

Бир сўз билан китоб менга жуда ёқди "Суоми" эса travel listga қўшилди.

P.s. китобда сатр остига чизганларим жуда кўп уларни ёзсам китобни ярмини пост қилиб қўйган бўлардим яхшиси ўзингиз бир ўқиб кўринг ;)
4.9K views07:31
Открыть/Комментировать
2021-07-29 11:31:03 Bu kente yanlızlık çöktüğü zaman
Uykusunda bir kuş ölür ecelsiz
Alıpta başını gitmek istersin
Karanlık sokaklar kör sağır dilsiz

Ey sevda kuşanıp yolara düşen
Bilesin bu yollar dağlar dolanır
Yare ulaşmadan düşersen eğer
Yarına sesinin yankısı kalır

@kitobooknigam
823 views08:31
Открыть/Комментировать
2021-07-28 22:58:40 ​​"O'limga mahkum etilgan mahbusning so'ng kuni" - Victor Hugo

Asar - klassika.
Bir nafasda o'qiladi.
Shaxsan o'zim kitobni mutolaa qilarkanman Zweigni, Kafkani, Hugoni oralarida ipsiz bog'liklik bo'lgan nimanidir (o'zim ta'rif etolmagan allanima) his qildim.

Ko'rinmas Qo'rquv (insondagi meni qo‘rqitadigan hayvoniy tubanlik tarafi) jonlansa degan havotir, yanayam bunga olib ketayotgan qadam baqadam umidni so'nib yo'qolib borishi edi. Ruhimni bunday haqiqatga bardoshi yetarmikan degan yana havotir. Huddi bir sham (umid shami) erib bitayotir-ki, uning o'zi yo'qlikka yo'q bo'layotganidan behabar. Men esa uni ko'rib (faqatgina qo'limdan kelgani deya hisoblab) ko'rib turgandekman. Chunki uni puflasam qorong'ulikda qolib ketishdan yana qo'rqayotgandirman.

Ishonasizmi - inson fitratida umidni so'nmasligiga umidi bo'ladi.

Kitobga qaytsak, bir mahbus tasavvur qiling decapitatoga mahkum. Va hukm bajarilish oniga qadar sizni mahbus tomonidan har qadami tasvirlangan hodisotlarni birga guvohi bo'lishingizga sabab bo'ladi.
Asar qahramonining:
- o'z qizi bilan suhbati;
- jallodlarni tasviri;
- olomonning hukm kuniga munosabati; (sahnalari ta'sirli bayon etilgan)

Ochig'i ba'zan shunday satr o'qiysan va u sen tashidigan haqiqatlar tarozingni bir pallasini bosishini tushunib o'zing uchun uni ortqilab olasan. Endi uni tashish sening yukingga tushadi.

So'nggi so'z o'rnida, menga asarning klassikaga hos bo'lmagan klassik asar ekanligi yoqdi yoki Hugo balki bilgandir-a, modern dunyo odamlari qisqalikka o'ch bo'lishlarini yoki men klassikani qalin qalin kitoblar deb xato tasavvur qilganmanmi. Xullas, ikkisidan biri.

@kitobooknigam
822 views19:58
Открыть/Комментировать
2021-07-28 20:14:06 Gel güneşim ol gel açmaya
Beni bu derde bırakma
Ya da bu derde atan değilim de
Suçsuzum de bana.

@kitobooknigam
726 views17:14
Открыть/Комментировать
2021-07-27 18:13:13 ​​Shaxsan mana shu sahifadan https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru olingan story

(P.s. raklom qisen o'zingni reklom qil digan post) ajab bo'sin!

@kitobooknigam
824 views15:13
Открыть/Комментировать
2021-07-27 07:04:31 ​​Kecha Victor Hugoni asari mutolaasini bitirganimda ichimdan yana shuni his ettim "O'lim" haqida yozish menga og'ir ekan. Lekin asarda bir on mavjud, shaxsan o'zim uchub juda ta'sirli sahifa "mahkum" otani o'z farzandi (qizi) tanimaydi, Otaning butun umidi u onda yiqiladi. Larzaga tushadi inson. Umid yo'qqa chiqqanda endi hech nimani farqi qolmaydi.

Insonga umid mayli zarradek bo'lsada juda juda zarur, bilasizmi... Balki suv va havodek zarur.

Umidlaringiz hech so'nmasin

Bugungi vibes: "Oq nilufarlar yurtiga"

P.s. chidolmay 20 sahifasini o'qib qo'ydim ajoyib kitob (turkchasini ko'rganim uchun kitob qalinligidan roman tarzida tasavvur qilgan bo'lsamda lekin umuman boshqacha)

Kitobdan kitobgacha kitoblar bilan. @kitobooknigam
815 views04:04
Открыть/Комментировать
2021-07-26 19:39:37 Seni @avidadeifeekkhan hatırlattı bu şarkı (belki kitaptan dolayı)


@kitobooknigam
788 viewsedited  16:39
Открыть/Комментировать