Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Fantastikaning menda yaratadigan ajib ta'siri bu birdan quvn | kitobоокнига♾

​​Fantastikaning menda yaratadigan ajib ta'siri bu birdan quvnab ketishim, ichimdagi bolakayni ovqatlantirgandek, nafaqat to'yintirish huddi qo'lidan tutib uni Lunaparkka yetaklagandek yoki batutda osmonlarga uchar darajada sakragandek... (sanog'i yo'q, ta'rifi yo'q)

Nega kamsan Fantastika biz taraflarda.
Axir sen tasavvurlar orqali kishanlarni parchalaysan-ku!


2 kun avval Hobbitlandiyada Gnomlar bilan tanisharkanman, birma-bir ismlarini aytishyabtiyu soni kamaymay aytilgan ismlarni unutyabman, yana boshdan satrlar boshiga qaytamiz qaytadan ismlarini takrorlayman.
Trollarni quyoshga chiqa olmasligi maktab davrimdagi 12 kunlik ta'tilni eslatadi.
Mutolaaga sho'ng'ib soat oqshom bo'ladi-yu men esa burnimni oldiga barmog'imni keltirsam ham ko'rinmas darajada qorong'ulik qoplagan o'rmonda kap-katta o'rgimchaklardan qochish voximasini yashab o'taman, mazza tasavvurni chek-chegarasizligini his etish.

Nimalardir tozalangandek, umidlar, orzularga kulib boqish kulgulari va yana allanimalar,

Bu kitobni tashqi muhit shovqinlarisiz o'qilishini tavsiya qilaman. Shundagina "ular" suhbatini tiniqroq eshitgan bo'lasiz. Hozircha eng asosiy omillarni payqagandekman zehnni kuchi, tabiatni chambarchasligi va har qanday vaziyatda ichki ovozga tayanish.

p.s. hozircha men uchun eng qizig'i Runa yozuvi bo'ldi


#kitobookniga