Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Aziz hamyurtlar! Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bil | HAMKORBANK

Aziz hamyurtlar!

Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizga va yaqinlaringizga yaxshilik, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va kuch-quvvat tilaymiz!

Ushbu kun biz bobolarimizga qahramonlik va jasoratlari, tinch osmon va bolalarning tabassumi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yurtimizning har bir fuqarosi aziz faxriylar va Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining jasoratini xotirlab, hurmat bajo keltiradilar. Ona vatan mudofaasiga ko‘ksi qalqon ajdodlarimiz nomlari qalbimiz solnomasiga abadiy muhrlangan.

Ushbu ulug‘ ayyom o‘zida mujassam etgan jasorat va qahramonlik, g‘alaba ruhi qalblaringizga ilhom berib, yangi marralar, muvaffaqiyatlar sari yetaklasin!