Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​Yangi ish o‘rinlarini yarating — pasaytirilgan foiz stavkalar | HAMKORBANK

Yangi ish o‘rinlarini yarating — pasaytirilgan foiz stavkalarda kredit oling

Kam foizli kredit olishga nima deysiz? U holda yangi ish o‘rinlarini yarating hamda Hamkorbankdan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun ajratilayotgan maxsus imtiyozli “Yangi ish o‘rni” kreditidan foydalaning. Kreditlar aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladi.

Miqdori — 3 mlrd. so‘mgacha;
Muddati — 60 oygacha;
Imtiyozli muddati — 12 oygacha.

Kredit stavkasi quyidagi shartlarda pasaytiriladi:

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
3 tadan 5 tagacha ishchi oʻrni yaratilsa – 1 foiz;

Yuridik shaxslar uchun:
5 tadan 15 tagacha ishchi oʻrni yaratilsa – 1 foiz;

15 va undan koʻp ishchi oʻrni – 1,5 foizga pasaytirib beriladi.

Biz tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va yangi ish o‘rinlarini yaratishga doimo ko‘maklashamiz!

Batafsil