Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Firibgarlardan ogoh bo‘ling! Bank kartalaringizni begona shaxs | HAMKORBANK

Firibgarlardan ogoh bo‘ling! Bank kartalaringizni begona shaxslarga foydalanishga bermang

Qadrli mijozlar, hozirda bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik tuzoqlari turlari ko‘payib bormoqda. Bunda, xalqaro bank kartalari egalari o‘z nomiga ochilgan kartani ma'lum bir to‘lov evaziga yoki aldanib uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berishmoqda.
So‘ngra ular quyidagicha aldovlar bilan insonlarning ishonchiga kirib, ularning pullarini o‘zlashtirmoqda:

Firibgarlar jismoniy shaxsga telefon qilib, go‘yoki uni nomiga bojxona yoki pochtada tovar yuborilgani va agarda yukni rasmiylashtirish uchun ma'lum to‘lovni amalga oshirmasa yuk ortga qaytib ketishini aytishadi;

Ayrim ishonuvchan fuqarolar bunga ishonib, to‘lovni qanday amalga oshirishni so‘raydi. Keyin, firibgarlar Hamkorbankda ochilgan VISA karta raqamini jo‘natib, bankning istalgan bank ofisi orqali kartaga pul kirim qilishni aytishadi;

Mijoz tomonidan pul kirim qilingandan so‘ng, mablag‘lar tezlik bilan chet davlat bankomatlaridan yechib olinadi.

Yuqorida keltirilgan firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun bank kartalaringizni begona shaxslarga foydalanishga bermasligingizni so‘raymiz.

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Web | Ilova