Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​'Hamkorbank' ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha | HAMKORBANK

"Hamkorbank" ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida 30 mln AQSH dollari miqdoridagi islomiy moliyalashtirish liniyasi shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 27-30 aprel kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 2024-yilgi yillik yig‘ilishi va 50 yillik Oltin yubileyiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda "Hamkorbank" ATB Boshqaruv raisi B. Jo‘rayev boshchiligida delegatsiya ham ishtirok etdi.

Islom taraqqiyot banki guruhining 2024-yilgi yillik anjumanida "Hamkorbank" ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (ICD) rahbarlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muzokaralari va 30 000 000 AQSh dollari miqdoridagi islomiy moliyalash liniyasining shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) bosh direktori "Hamkorbank" ATB bilan hamkorlik darajasini yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli uzoq muddatli hamkorlikka ishonch bildirdi.

____________

АКБ "Hamkorbank" и Исламская корпорация по развитию частного сектора (ICD) подписали соглашение о линии исламского финансирования на сумму 30 миллионов долларов США

С 27 по 30 апреля текущего года в Эр-Рияде, столице королевства Саудовская Аравия, проходит ежегодное собрание на 2024 год группы Исламского банка развития и конференция, посвященная 50-летнему Золотому юбилею. На данном мероприятии также приняла участие делегация АКБ "Hamkorbank" во главе с председателем Правления Б. Жураевым.

На ежегодном съезде группы Исламского банка развития в 2024 году состоялись переговоры между руководителями АКБ "Hamkorbank" и Исламской Корпорации развития частного сектора (ICD) по укреплению сотрудничества и церемония подписания соглашения линии исламского финансирования в размере 30 000 000 долларов США.

Генеральный директор Исламской Корпорации развития частного сектора (ICD) высоко оценил перспективы сотрудничества с АКБ "Hamkorbank" и выразил уверенность во взаимовыгодном долгосрочном сотрудничестве.