Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Cambridge Learning Centre

Логотип телеграм канала @cambridge_learning_centre — Cambridge Learning Centre C
Логотип телеграм канала @cambridge_learning_centre — Cambridge Learning Centre
Адрес канала: @cambridge_learning_centre
Категории: Образование , Лингвистика
Язык: Русский
Количество подписчиков: 773
Описание канала:

Gibrid Ta’lim tizimi mavjud birinchi ingliz tili o’quv markazi!
🎗 General English & IELTS
🚩 9X filial
🔝 IELTS 9.0 o’qituvchilar
🚀 Biz nafaqat ingliz tili o’rgatamiz, balki insonlar hayotini o’zgartiramiz!
📞 78 777 77 74
📩 @cambridge_call_center

Рейтинги и Отзывы

2.00

2 отзыва

Оценить канал cambridge_learning_centre и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

2

1 звезд

0


Последние сообщения 15

2022-01-31 19:43:25 ​​Sunday Events — muvaffaqiyat kaliti

O'tgan yakshanba kuni Cambridge o'quv markazimizda bir nechta tadbirlar bir vaqtning o'zida bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Rejamizga muvofiq tarzda barcha filiallarimizda "Motivation" mavzusida qiziqarli Speaking Club'lar tashkil qilindi va Oybek filialimizda Xurshid Maroziqov ishtirokida "Ingliz tili... Xo'sh, undan keyinchi?" mavzusida trening bo'ldi.

Ushbu videoda siz o'quvchilarning Speaking Club haqida fikrlari va tadbirlardan olgan taasurotlarini tomosha qilishingiz mumkin.

O'quvchilarimiz qatoriga siz ham qo'shiling va bugundan o'zingizni o'zgartirishni boshlang!

Ingliz tili kurslariga yozilish

Tel: +998712001115
4.3K views16:43
Открыть/Комментировать
2022-01-29 21:39:11 Sherzod Shermatov va Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim»da

Bugun — 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim» markazining Chilonzor filialiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab «Najot Taʼlim»da oʻquvchilar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishib chiqishdi. Ularga markazdagi yoʻnalishlar, taʼlim tizimi, oʻquvchilarni saralab olish bosqichlari haqida maʼlumot berildi.

Tashrif jarayonidan lavhalar

Uchrashuvdagi suhbat jarayonida mehmonlarga markaz asoschisi Temurbek Adhamov «Najot Taʼlim»ning shu davrgacha bosib oʻtgan yoʻli, erishgan natijalari, kelajakdagi maqsad va rejalari haqida aytib oʻtdi.

Suhbat davomida IT sohasini rivojlantirish, yoshlarni yana-da koʻproq bu sohaga jalb etish, ularning qiziqishlarini oshirish, oʻqish davomida qoʻllab-quvvatlash kabi mavzularda fikrlar almashildi.

«Najot Taʼlim» jamoasi bugungi tashrif uchun AKT vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga minnatdorchilik bildiradi.

Qayd etib o'tamiz, Najot Ta'lim markazi 2018-yil oktabr oyida tashkil topgan ta'lim maskani bo'lib, ayni paytda 3 ta yo'nalish, dasturlash, dizayn, marketing bo'yicha 1800 nafardan ortiq o'quvchilar ta'lim olishadi. Markaz 2021-yilda IT-Park rezidentiga aylangan.
1.0K views18:39
Открыть/Комментировать
2022-01-29 18:26:53 ​​Sizni oldinda qanday "Event"lar kutmoqda?

Cambridge o'quv markazida
2022-yilda bo'lib o'tadigan tadbirlar o'zgacha tempda va yuqori darajada bo'lib o'tishi kutilmoqda, chunki biz sizga qaynoq eventlarni tayyorlab qo'yganmiz:

200 dan ortiq tadbirlar;
52 hafta davomida yakshanba kungi tadbirlar;
Qiziqarli Speaking Club, Movie day, Questlar;
IELTS Mock Exams;
Muvaffaqiyatli insonlar ishtirokida suhbatlar;
Ilmli insonlar boshchiligida master-klasslar.

Tadbirlarimiz bir vaqtning o'zida, barcha filiallarimizda olib boriladi va tadbirlarda qatnashish mutlaqo bepul!

Siz ham Cambridge o'quvchisiga aylaning va biz bilan rivojlanishni boshlang! Buning uchun esa ingliz tili kurslarimizga yoziling.

Ingliz tili kurslariga yozilish

Tel: +998712001115
2.2K views15:26
Открыть/Комментировать
2022-01-28 17:40:52 ​​​​"Ingliz tili. Xo'sh, undan keyinchi?" - Xurshid Maroziqov

Cambridge
o'quv markazimizda bir-biridan qiziqarli bo'lgan Yakshanba kungi tadbirlarimiz davom etadi. Biz har safar turli xildagi mavzular orqali o'quvchilarimizga yanada ko'proq foydali ma'lumotlar berishga harakat qilamiz.

Bu safargi mehmonimiz "Girgitton", "Belgi Design studio", "EDU", "EDU-Sofiya" kabi bir qator maktab va o'quv markazlar tarmog'i asoschisi - Xurshid Maroziqov, "Ingliz tili. Xo'sh, undan keyinchi?" ko'rinishidagi ajoyib mavzuda suhbat olib boradilar.

30-yanvar, yakshanba
14:00
Oybek filiali
Faqat Cambridge o'quvchilari uchun

Barcha o'quvchilarimizni yakshanba kuni foydali bilimlar olishga taklif qilamiz!

Suhbatga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001115
1.4K viewsedited  14:40
Открыть/Комментировать
2022-01-28 14:35:28 ​​Sunday Events: Speaking Club & Mock Club

Cambridge o'quv markazi e'tiboringizga yakshanba kuni rejalashtirilgan "Sunday Events" doirasidagi tadbirlar ketma-ketligini havola etadi.

Ushbu yakshanba markazimizning barcha filiallarida, soat 11:00 da Speaking Club + contest bo'lib o'tadi. Speaking Club, hozirda yoshlarimizga eng kerakli mavzulardan biri "Motivation" mavzusida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Bizning eng katta Yunusobod filialimizda esa soat 10:00 da, "How to boost your Listening and Reading" mavzusida, Alisher Ahtamov boshchiligida "Mock Training" bo'lib o'tadi. Training'dan so'ng esa soat 11:00 da "Mock Exam" boshlanadi.

Cambridge o'quvchilarini mamnuniyat bilan eventlarimizga taklif etib qolamiz!

Speaking club'ga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001115
2.0K views11:35
Открыть/Комментировать
2022-01-26 17:31:35 ​​Navbatdagi o'quvchimizning ham orzulari amalga oshmoqda

Har bir o'quvchimiz o'quv markazimizda tahsil olib, o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga, IELTS imtihonidan yuqori natijalarga erishar ekan, bu bizga o'zgacha g'urur va ishonch tuyg'ularini bag'ishlaydi.

Navbatdagi o'quvchimiz Ismoilov Fayzulloh ham Darxon filialimizda, Ms.Sandra qo'l ostida 4 oylik IELTS Full Course'mizda o'qib, yakunda o'zlari xohlagan natijani qo'lga kiritdi:

Listening - 6.5 ball
Reading - 7.5 ball
Writing - 7.0 ball
Speaking - 7.0 ball
Overall band score 7.0 ball

Agar siz IELTS sertifikatini qo'lga kiritsangiz, dunyoning ko'pgina mamlakatlari sizga o'z eshiklarini ochadi. IELTS bu oddiygina sertifikat emas, balki sizga katta imkoniyatlar taqdim etadigan hujjatdir.

Ingliz tili kurslariga yozilish

Tel: +998712001115
3.3K views14:31
Открыть/Комментировать
2022-01-26 12:24:32 ​​Cambridge marketing jamoasiga qo'shilish imkoniyati!

Ko'zida ishtiyoqi bor, intiluvchan, qadriyatli va tajribali zamonaviy kasb mutaxassislarini Cambridge marketing jamoasiga qo'shilish imkoniyatini taqdim etamiz.

Cambridge marketing jamoasi 4 xil yo'nalishdagi bo'sh ish o'rinlarini e'lon qiladi. Quyidagi havolalar orqali bizga kerakli mutaxassislarga qo'yiladigan talablar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

PR/Influencer manager;
Instagram storiesmaker;
TikTok va Reels manager;
Community manager.

Agar katta loyihalar ustida ishlab, dunyoni o'zgartirish yo'lidagi jamoaga qo'shilishni istasangiz, ushbu so'rovnomani to'ldiring!

So'rovnomani to'ldirish
3.8K views09:24
Открыть/Комментировать
2022-01-24 17:55:41 ​​Sunday Events - bu sizning rivojlanish nuqtangizdir

O'tgan hafta o'quv markazimizning 6 ta filialida "Goal Setting" mavzusida Speaking Club'lar tashkil qilindi.

Speaking Club'da qatnashgan o'quvchilarimiz ingliz tilidan nutq ko'nikmalarini yaxshigina rivojlantirishdi va to'g'ri maqsad qo'yish, unga erishishda yuzaga keladigan muammolarga yechim topish kabi mavzularda foydali bilimlarga ega bo'lishdi.

Yakshanba kungi tadbirlarimiz endilikda barcha filiallarimizda, bir vaqtning o'zida olib boriladi. Bu esa tadbirlarda ko'plab o'quvchilarimiz ishtirok eta olishlariga imkon yaratadi. Siz ham safimizga qo'shiling, dam olish kunini biz bilan foydali o'tkazing.

Quyidagi videoni tomosha qilish orqali "Sundey Events" atmosferasini his qilishingiz mumkin!

Tel: +998712001115
1.6K views14:55
Открыть/Комментировать
2022-01-23 17:15:58 Cambridge LC pinned «​Endi Cambridge o'quv markaziga virtual sayohat qilishingiz mumkin Cambridge o'quv markazining ijodiy jamoasidan yurtimiz yoshlari uchun ajoyib yangilik. O'quv markazimizni dunyoning turli nuqtalaridan kuzatib boruvchi va o'quv markazimizga tashrif buyurishni…»
14:15
Открыть/Комментировать
2022-01-23 14:45:40Endi Cambridge o'quv markaziga virtual sayohat qilishingiz mumkin

Cambridge o'quv markazining ijodiy jamoasidan yurtimiz yoshlari uchun ajoyib yangilik.

O'quv markazimizni dunyoning turli nuqtalaridan kuzatib boruvchi va o'quv markazimizga tashrif buyurishni istaydigan insonlar uchun Virtual Reality, 360° yo'nalishidagi videolarni taqdim etamiz.

Endilikda, siz ushbu turdagi videolar orqali o'quv markazimizning barcha filiallarini 360 gradusda tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz.

Birinchi sayohatimiz Drujba filialimizga bo'ladi. Siz buning uchun telefoningiz ekranini 360 gradusga burishingiz yoki VR ko'zoynaklari orqali virtual sahoyat qilishingiz mumkin.

Video soat 19:00 da YouTube sahifamizga yuklanadi.

Havola:

4.0K views11:45
Открыть/Комментировать