Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Sherzod Shermatov va Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim»da Bug | Cambridge Learning Centre

Sherzod Shermatov va Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim»da

Bugun — 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev «Najot Taʼlim» markazining Chilonzor filialiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab «Najot Taʼlim»da oʻquvchilar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishib chiqishdi. Ularga markazdagi yoʻnalishlar, taʼlim tizimi, oʻquvchilarni saralab olish bosqichlari haqida maʼlumot berildi.

Tashrif jarayonidan lavhalar

Uchrashuvdagi suhbat jarayonida mehmonlarga markaz asoschisi Temurbek Adhamov «Najot Taʼlim»ning shu davrgacha bosib oʻtgan yoʻli, erishgan natijalari, kelajakdagi maqsad va rejalari haqida aytib oʻtdi.

Suhbat davomida IT sohasini rivojlantirish, yoshlarni yana-da koʻproq bu sohaga jalb etish, ularning qiziqishlarini oshirish, oʻqish davomida qoʻllab-quvvatlash kabi mavzularda fikrlar almashildi.

«Najot Taʼlim» jamoasi bugungi tashrif uchun AKT vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga minnatdorchilik bildiradi.

Qayd etib o'tamiz, Najot Ta'lim markazi 2018-yil oktabr oyida tashkil topgan ta'lim maskani bo'lib, ayni paytda 3 ta yo'nalish, dasturlash, dizayn, marketing bo'yicha 1800 nafardan ortiq o'quvchilar ta'lim olishadi. Markaz 2021-yilda IT-Park rezidentiga aylangan.