Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Психология. Умида Агзамова

Логотип телеграм канала @umka35 — Психология. Умида Агзамова П
Логотип телеграм канала @umka35 — Психология. Умида Агзамова
Адрес канала: @umka35
Категории: Психология
Язык: Русский
Количество подписчиков: 1.14K
Описание канала:

Магистр по психологии. Научная работа девиация в поведении у молодёжи. Психолог и Специалист по отношением. Гипнотерапевт. Консультация по записи.
Админ 👉 @psixolog_adminka1

Рейтинги и Отзывы

3.67

3 отзыва

Оценить канал umka35 и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

1

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения 3

2022-08-27 17:16:34 ​​HAYOT FALSAFASI - Baxt - o‘zimizda. Biz tashqaridan qo‘llab quvvatlash va yupanch izlash uchun juda ko‘p vaqtimizni sarflaymiz. Va har doim boshqa joydan izlaganimiz ma’lum bo‘ladi. Qalbingizga boqing

Hammasi uchun minnatdor bo‘ling. Yaxshisi uchun, yomoni uchun, dahshatlisi uchun. Hayot bor holicha - eng bebaho tuhfa. Quvonch va qayg‘u esa, yo‘lning bir qismi

Qabul qilish usulingizni o‘zgartiring - va hayotingiz o‘zgaradi. Qo‘rquv, qahr, gina his qilganingizda, shunchaki, vaziyatga boshqa tarafdan qarab ko‘ring

O‘zingizga sodiq qolgan holda hammani baxtli qilishning iloji yo‘q. Lekin, baribir, aslingni yashirish orqali boshqalarga yoqishdan ko‘ra, tavakkal qilib boshqalarga tushunarsiz bo‘lish yaxshiroq

Atrof olam - bu ko‘zgu. Biz boshqalarda nimani yaxshi ko‘rsak - o‘zimizning undagi aksimizni yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz. Boshqalarda bizni qayg‘uga soladigan narsa, o‘z-o‘zimizda diqqatimizni qaratishimiz lozim bo‘lgan jihatdir.
431 views14:16
Открыть/Комментировать
2022-08-27 15:10:07 Har qanday vaziyatda oʻzingizga savol bering!

“Vaqtimni bundan-da yaxshi oʻtkaza olamanmi?” Qilayotgan ishingizga 100 foiz ishonchingiz komil boʻlmasa, toʻxtang. Buning oʻrniga biror foydali ish bilan shugʻullanishingiz mumkin. Masalan, bolalar bilan birga film tomosha qilish - yaxshi, lekin biror bir foydali kitob o'qish - yanada yaxshi. 
Siz hozirning oʻzidayoq koʻplab foydali ishlar qilishingiz mumkin: sport zaliga borish, kitob oʻqish, doʻstlaringiz bilan muloqot qilish, oila davrasida vaqt oʻtkazish, lekin bularning orasidan qaysi biri eng yaxshi ekanini har kim oʻzi belgilaydi.
413 views12:10
Открыть/Комментировать
2022-08-27 11:06:49 AYOL VA ERKAK TABIATI HAQIDA.

Erkak ayolni sevadi, ayol esa erkakni. Mana shu yerda siz bir narsani tushunishingiz lozim.

Hozirda biologlarning aytishicha - va psixologlar ham bu fikrga qo'shilishadi - erkak kishi faqat erkak emas, u ayol hamdir. Ayol esa faqat ayol emas, erkak hamdir. Shuning uchun ham, erkak bilan ayol uchrashganda, ikkita odam emas, balki, to'rtta odam uchrashadi.

Erkak ayolni uchratadi, ammo erkakda ayol ham yashiringan, xuddi shu narsa ayolda ham bor. Ular ham uchrashadi. Bu uchrashuv ikkita fazoda ro'y beradi. Bu ancha murakkabroq, bir qancha pog'onali, ancha chalkashroqdir.

Erkak ham erkak, ham ayoldir. Nega? Chunki u ikkisidan kelib chiqqan.

Otadan nimadir o'tgan va onadan yana nimadir o'tgan, kim bo'lsangiz ham. Qoningizda erkak kishi oqadi, va, shuningdek, ayol ham. Siz ikkisi hamsiz, chunki siz qarama-qarshi qutblar uchrashgan joysiz. Siz sintezsiz! Birini rad etib, faqat narigisi bo'lishning iloji yo'q. Xuddi mana shu narsani odamlar qilishgan.

Aristotelga lug'aviy tomondan ergashishgan, barcha narsada va bu narsa odamlar uchun ko'plab muammolar keltirib chiqargan; bunday muammolarni esa, toki Aristotelga ergashar ekanmiz, yechib bo'lmaydi. Erkaklarga faqat erkak bo'lishni o'rgatishadi: hech qanday ayollarga xos sifat ko'rsatmasdan, yurak yumshoqligini bildirmasdan, qabul qiluvchanlikni bildirmasdan, doim agressiv bo'lishni aytishgan. Erkaklarga hech qachon yig'lamaslikni o'rgatishgan, chunki ko'z yoshi ayollarga xos. Ayollarga esa hech qachon erkaklarga o'xshamaslikni: hech qachon qahr qilmaslikni, ichidagini chiqarmaslikni, doim passiv bo'lib, qabul qiluvchan bo'lishni o'rgatishgan.

Bu narsa reallikka zid va bularning ikkalasi ham adashgan. Bundanda yaxshiroq dunyoda, yaxshiroq tushunadigan odamlar bilan, erkak ikkisiyam bo'ladi va ayol ham ikkisi bo'ladi, chunki ba'zida erkak ayol bo'lishga muhtojlik sezadi.

Shunday damlar bo'ladiki, u muloyim bo'lishi kerak, sevgi, iliqlik damlarida. Shuningdek, shunday paytlar borki, ayol yorilishi va agressiv bo'lishi kerak - g'azabga minganda, o'zini himoya qilganda, qo'zg'alon qilganida.

Agar ayol, shunchaki, passiv bo'lsa, unaqada u avtomatik tarzda qulga aylanadi. Passiv ayol qul bo'lishi tayin va mana shu narsa tarixda ro'y berdi. Agressiv erkak, hech qachon yumshoq bo'lmaydigan butunlay agressiv erkak esa bu dunyoda urush va janglar, nevrozlar va yovuzlikni yaratishi tayin.
428 views08:06
Открыть/Комментировать
2022-08-27 05:13:07
Aссалому алайкум.  Шанба тонги муборак бўлсин

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!

Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!

Кунингиз мазмунли ўтсин!
448 views02:13
Открыть/Комментировать
2022-08-26 12:31:51
#PSIXOLOGIK_TEST

RUCHKANI QANDAY USHLAYSIZ ?

Ruchkani qanday ushlashingiz harakteringizni o'zingiz bilmagan qirralarini ochib beradi. Marhamat o'z variyantingizni tanlang
461 views09:31
Открыть/Комментировать
2022-08-26 12:31:11 Maqsadingizni va turmush o'rtog'ingizni topish - bu hayotdagi eng qiyin vazifalardan biri.

Qolganlarning hammasi ahamiyatsiz. Sevib qolish tabiiy. Va ko'pincha sevgi sizni o'zi topadi. Ammo keyin bu shunchaki o'tadigan sevimli mashg'ulotdey tuyilib qoladi. Natijada turmush o'rtoq tanlashga qiynalib qolamiz.

Lekin biz umidsizlikka tushmasligimiz kerak, balki qidirishni davom ettirishimiz kerak.

Agar niyat bo'lsa, hamma narsa amalga oshadi.‌‌
449 views09:31
Открыть/Комментировать
2022-08-26 05:33:22
ҚАЛБЛАР ҚУВОНЧИ
ДИЛЛАР ШОДЛИГИ
ЖУМА КУНИНГИЗ
ҲАЙРЛИ БЎЛСИН!
483 views02:33
Открыть/Комментировать
2022-08-25 15:41:04 Соғлом муносабатлар

Ижтимоий тармоқлардан, дўстларингиздан, блогер ва психологлардан доимий равишда соғлом муносабатлар бахтли оила барпо қилиш учун нақадар муҳим омил эканлигини эшитиб келамиз. Бу иборанинг ортида нима яширинган? Жуфтлар шунчаки жанжалсиз яшашларини нормал муносабат деса бўладими?

Соғлом муносабат деганда ўзи нима тушунилади?

Соғлом ҳамкорлик- бу шунақанги бир иттифоқ-ки, бунда ҳар бир инсон ўзини ҳотиржам ва бехавотир ҳис қилади. Бу дегани, айнан қайсидир инсоннинг олдида қулайликни ва ички кучингизни қайта тўлдиришингиздир. Одатда бундай ҳислар бирданига ва ошиқликнинг илк даврларида эмас, балки ундан кейинги босқичларда юзага келади. Лекин баъзи жуфтларда соғлом муносабатларнинг аломатлари аввалиданоқ сезилиб туради. Бу ҳам нормал ҳолатдир.

Соғлом муносабатларни қандай қилиб қуриш мумкин?

Бу борада на эркаклар ва на аёлларга мос келадиган аниқ бир формула мавжуд эмас. Қанақанги психолог ёки сексолог бўлмасин, бу масала барча жуфтлар учун индивидуалдир деб айтади. Бу фикрга тамоман қўшиламиз ва муносабатлардаги зарурий нарсаларга аҳамиятингизни қаратиш учун баъзи бир маслаҳатлар билан бўлишамиз:

• Қалбингиздаги сокинлик ҳисси;

• Севгилингиз олдида "эриб" кетмаслигингиз. Муносабатлардаги асосий қонунлардан бири- ўзлигингизни йўқотмаслигингиз. "Ўзимни ҳаётим билан яшаяпманми?" деган саволни ўзингизга бериб кўрсангиз жавобга яқинлашасиз;

• Шахсий чегараларингиз мавжудлиги;

• Кучсизлигингизни, ожиз эканлигингизни кўрсатишга уялмаслигингиз;

• Жинсий алоқа шунчаки чигалёзди учун бўлмаслиги;

Бу муносабатлар соғлом бўлиши учун талаб қилинадиган минимал факторлардир.
503 views12:41
Открыть/Комментировать
2022-08-25 13:23:11 Baxtli inson hech qachon birovga ozor bermaydi va birovning xayotiga aralashmaydi, chunki uni bunga vaqti yo‘q....

Boshqalarni xayotiga aralashib ozor berish bu baxtsiz insonning ishi, shunday ekan undaylar bilan kurashmang...

Aksincha baxt tilang va yo‘lingizda davom eting…

Bilmaymiz kimning qancha umri qolgan, zero shunday ekan bu go‘zal xayotda faqat o‘zingiz bilan ishlang rivojlaning, qo‘lingizdan kelsa yaxshilik qiling, qo‘lingizdan kelmasa yomonlik xam qilmang. Chunki oldinda xar birini to‘lovi bor....

O‘zingizni kuningiz, vaqtingiz va umringiz bilan yashang !
543 views10:23
Открыть/Комментировать
2022-07-08 06:00:18
Зулҳижжа ойининг Арафа ва Жума куни муборак бўлсин!

Энг яқин инсоним кириб келган “АРАФА” ва "ЖУМА" куни муборак бўлсин.

Яқинларимизни табриклашни унутманг!
4 views03:00
Открыть/Комментировать