Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

SHIFOBAXSH SHARBATLAR: UZUM SHARBATI — kamqonlik, oʻp | Trenirovka_Muskul

SHIFOBAXSH SHARBATLAR:



UZUM SHARBATI — kamqonlik, oʻpka kasaliklari, quvvat kamligini davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

OLMA SHARBATI — tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham uni yosh bolalarga koʻproq berish kerak.

SABZI SHARBATI — koʻz nurini ravshanlashtiradi. Teri, nafas yoʻli va ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq pardalarni tozalaydi. Ammo jigari xasta ayollarga meʼyordan ortiq sabzi sharbatini ichish tavsiya etilmaydi.

LAVLAGI SHARBATI — yoshartiruvchi xususiyatga ega. Oʻsimtalarning rivojlanishini toʻxtatib qola oladi. Lavlagi sharbati judda taxir boʻlgani uchun uni karam, olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirib istemol qilgan maʼqul.

LIMON SHARBATI — tanadan zaharlarni chiqarib tashlaydi, gʻayratni oshiradi va jigarni tozalaydi.

KARAM SHARBATI — allergiyaga qarshi vosita. Apelsin yoki mandarin yegandan soʻng paydo boʻladigan turli toshmalarni u tez yoʻqotadi. Agar bolaga ertalab och qoringa bir osh qoshiq karam sharbati ichirsangiz, har qanday diatezning tez orada yoʻqolishiga guvoh boʻlasiz.

APELSIN SHARBATI — “S” vitamini yetishmaganda, koʻz xiralashganda, radioaktiv nurlanish oshganda iching.

KARTOSHKA SHARBATI — bosh ogʻrigʻi, jigʻildon qaynashiga shifo boʻladi.

Bu maʼlumotni boshqalarga ham etkazaylik.

Manba : @Shayx_MuhammadSodiquzb

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | YouTube | Instagram