Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Assalomu Alaykum, hurmatli ustozlar, metodistlar, ta’lim tizim | TESOL Asia International

Assalomu Alaykum, hurmatli ustozlar, metodistlar, ta’lim tizimini oshirishga o’z hissasini qo’shayotgan mutahasislar, maktab, kollej, litsey hamda universitet ma’sullari!
TESOL ASIA MCHJ faoliyati to’g’risidagi mish mishlarga tashkilot rahbari sifatida quyidagin javobni taqdim etmoqchiman.
Tashkilotimiz o’z faoliyatini to’xtatgani yo’q! Hukumat qarorlariga nisbatan ma’suliyatsiz ba’zi mansabdor shaxslarning noqonuniy tarqatgan mish-mishlari va bosimlariga qaramay biz o’z faoliyatimizni yanada yangi g’oyalar bilan boyitgan holda davom ettirib kelmoqdamiz.
Bizning xalqaro malaka kurslarimizda beriladigan sertifikat va diplomlar OFQUAL(ofqual.gov.uk)ning tashkiloti TQUK (Training Qualifications in the UK) tomonidan beriladi.,TESOL ASIA International markazida muntazam mahsus treningdan o’tgan ustozlar tomonidan OFQUAL dasturi va o’quv resurslari asosida kurslar tashkil etiladi. Kurslarimiz 3oydan 6 oygacha davom etgan holda o’z ichiga intensive mashg’ulotlarni,malakaviy amaliyotni hamda,platformada bajariladigan vazifalarni oladi. London Teacher Training Collegening Assessor, Moderator va IQs mutahasislari tomonidan kurslarimiz va bitiruvchilarimizning vazifalari tekshiriladi
Bu 3-6 oy ichida o’z ustida izlangan ustozlar, trenerlar, moderatorlar, assessorlar,menejerlar mehnat qiladilar.
Afsuski,asosiy maqsadimiz ta’lim sifatini oshirish bo’lgan zamonda ,ba’zi mansabdor shaxslarning o’z amalidan foydalanib o’z ustida ishlash istagini bildirishni istagan o’qituvchilarga va ta’lim sifatini oshirishga o’z hissassini qo’shmoqchi bo’lgan mutahasislarga ,hamda tadbirkorlarga nisbtan qilayotgan nohaqliklarini ko’rib, aqlga sig’maydigan uydurmalarini eshitib bu holatdan juda uyaldim.
Chet ellik hamkor tashkilotlarimizning rahbarlariga ham bu holat juda achinarli ko’rinmoqda.Ulardan qayta qayta so’ralayotgan tutruqsiz talablarga javoban hamkorlardan xatlar taqdim etilishiga qaramay bunday be’mani holatlar davom etmoqda.Oxir oqibat,ularning tasavvurida ba’zi davlat tashkilotlari ig’vochi, nosog’lom raqobat qiluvchi,halol tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi,hususiy tashkilotlarni sindirishga urinuvchi sifatida gavdalanmoqda. Va men bu holatdan juda ham uyaldim.

Nargiza Rustamovna
TESOL ASIA International (TESOL ASIA MCHJ )rahbari !