Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#e_ijara Е-ijara xizmati qanday ishlaydi? Ko‘chmas mulk i | Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

#e_ijara

Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.

Xizmatdan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar foydalanishi mumkin.

Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:

Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga oluvchi:
yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.

Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.

Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.

Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.

Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.

Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi “Chiquvchi shartnomalar” “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi “Kiruvchi shartnomalar” “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram