Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

Логотип телеграм канала @surxon_dsb — Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi S
Логотип телеграм канала @surxon_dsb — Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
Адрес канала: @surxon_dsb
Категории: Без категории
Язык: Русский
Количество подписчиков: 870
Описание канала:

Facebook: https://www.facebook.com/Surxondaryo-viloyati-davlat-soliq-boshqarmasi-348610182428392/
Telefon: (76) 223-29-64

Рейтинги и Отзывы

2.00

2 отзыва

Оценить канал surxon_dsb и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

2

1 звезд

0


Последние сообщения

2022-08-27 14:57:23
#keshbek

"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?
_________________
#кешбэк

Как перевести в мобильном приложении "Soliq" подтвержденные средства "кешбэк" на банковскую карту?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
185 views11:57
Открыть/Комментировать
2022-08-27 13:24:37
#keshbek

To‘langan keshbeklar 330 milliard soʻmdan oshdi

Iyul oyi uchun 829 753 nafar isteʼmolchiga 70,7 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyun oylari uchun yana 3,3 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 1 097 625 nafar fuqaroga 330,8 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun
___________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 330 миллиардов сумов

За июль месяц 829 753 потребителям выплачено 70,7 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-июнь – выплачено ещё 3,3 млрд сумов кешбэка.

Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 1 097 625 потребителям, достигла 330,8 млрд сумов.

Январь Февраль Март Апрель Май Июнь

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
47 views10:24
Открыть/Комментировать
2022-08-27 13:24:30 RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 20-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Oftobmakon” mahallasida yashovchi fuqaro Azim Raxmatovning video murojaati tarqaldi. Fuqaro o‘z murojaatida Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan pochta jo‘natmasi orqali yuborilgan xatda “Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi uchun 186 mln so‘m soliq qarzdorlik mavjudligi ma’lum qilinganligi, lekin uning nomida hech qanday fermer xo‘jaligi yo‘qligini bildirgan. Ushbu murojaat o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Davlat soliq idoralari ma’lumotlar bazasida Raxmatov O‘tkir Jumayevich “Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi rahbari, Raxmatov Azim Mamatmuminovich esa mazkur fermer xo‘jaligi ta’sischisi sifatida qayd etilgan. Shu sababli fermer xo‘jaligining mavjud 186 mln so‘m soliq qarzini ta’sischi Azim Raxmatovning mol-mulkidan subsidiar tartibda undirish yuzasidan Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2022-yil 8-avgust kuni da’vo arizasi tayyorlanib, fuqaro Azim Raxmatovga pochta orqali yuborilgan.

Qanday qilib, soliq idoralari ma’lumotlar bazasida Raxmatov Azim Mamatmuminovich “Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi ta’sischisi sifatida qayd etilganligi o‘rganilganda esa quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

“Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi 1997-yil tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etilgan Tadbirkorlarni ro‘yxatga olish markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, fuqaro Zavra Alimardonova mazkur fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan va 2018-yilga qadar u ushbu fermer xo‘jalikni boshqarib kelgan.

Zavra Alimardonova 2018-yil sentabr oyida nafaqaga chiqqanligi sababli fermer xo‘jaligiga rahbar etib o‘g‘li Raxmatov O‘tkir Jumayevichni tayinlangan. Raxmatov O‘tkir Jumayevich esa “Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi Nizomini davlat xizmatlari markazida qayta ro‘yxatdan o‘tkazmagan va soliq organlariga fermer xo‘jaligi rahbari almashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan. Shu bois soliq idoralari ma’lumotlar bazasida texnik xato natijasida Raxmatov Azim Mamatmuminovich “Usarbobo” dehqon fermer xo‘jaligi ta’sischisi sifatida qayd etilgan.

Mazkur xatolikni bartaraf etish maqsadida “Usarbobo” fermer xo‘jaligi rahbari Raxmatov O‘tkir Jumayevich tomonidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinib, ta’sischini o‘zgartirish maqsadida forma-8 hisobot shakli qaytadan to‘ldirildi va bugungi kungacha Davlat soliq organlarining ma’lumotlar bazasida “Usarbobo” fermer xo‘jaligi ta’sischisi sifatida qayd etilgan Raxmatov Azim Mamatmuminovich ma’lumotlar bazasidan o‘chirildi.

Yuqoridagi texnik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, amaldagi qonun talablariga ko‘ra yuridik shaxs (fermer xo‘jaligi) rahbar va ta’sischilari tarkibida bo‘lgan o‘zgarish yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib ma’lumotlarni to‘g‘rilab, qayta kiritmaganligi sababli “Usarbobo” fermer xo‘jaligi rahbari Raxmatov O‘tkir Jumayevichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 176(2)–moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 2022-yil 25-avgust kuni SD-005253-sonli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Usarbobo” fermer xo‘jaligi rahbari Raxmatov O‘tkir Jumayevich tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolikni tuzatish bo‘yicha davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda olib borilgan ishlar natijasida Surxondaryo viloyati davlat soliq organlari ma’lumotlari bazasidagi mazkur xatolik bartaraf etildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram
214 viewsedited  10:24
Открыть/Комментировать
2022-08-27 11:49:45 IQTISODIY YUKSALISH SARI YANA BIR QADAM

Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi! Bugun davlat soliq organlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda.

Yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlar esa soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va ularning safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida Denov tumanida barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy davlat soliq inspeksiyasi binosining foydalanishga topshirilishi soha rivoji yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Denov tuman davlat soliq inspeksiyasining yangi ma’muriy binosi 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, soliq to‘lovchilarni qabul qilish va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega. Keng va shinam xonalar, 120 o‘rinli majlislar zali hamda arxiv xonasi eng ilg‘or zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu qisqa fursatda keng ko‘lamli ishlarni bajarish va ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Zero, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham soliq to‘lovchilarga zaruriy sharoitlarni yaratish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, soliq yukini kamaytirish va shu asnoda iqtisodiy shaffoflikdan iqtisodiy yuksaklik sari ildam odimlashdir!

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
270 views08:49
Открыть/Комментировать
2022-08-27 11:49:45
279 views08:49
Открыть/Комментировать
2022-08-26 20:44:50
Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Denov tuman davlat soliq inspeksiyasining barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi!

Telegram
550 views17:44
Открыть/Комментировать
2022-08-26 15:43:22
#keshbek

To‘langan keshbeklar 330 milliard soʻmdan oshdi

Iyul oyi uchun 829 753 nafar isteʼmolchiga 70,7 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyun oylari uchun yana 3,3 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 1 097 625 nafar fuqaroga 330,8 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun
___________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 330 миллиардов сумов

За июль месяц 829 753 потребителям выплачено 70,7 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-июнь – выплачено ещё 3,3 млрд сумов кешбэка.

Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 1 097 625 потребителям, достигла 330,8 млрд сумов.

Январь Февраль Март Апрель Май Июнь

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
299 views12:43
Открыть/Комментировать
2022-08-26 15:42:54 #e_ijara

Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.

Xizmatdan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar foydalanishi mumkin.

Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:

Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga oluvchi:
yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.

Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.

Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.

Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.

Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.

Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi “Chiquvchi shartnomalar” “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi “Kiruvchi shartnomalar” “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
264 views12:42
Открыть/Комментировать
2022-08-26 15:42:54
232 views12:42
Открыть/Комментировать
2022-08-26 09:32:48
"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Har hafta yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun,  26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan ana shunday “Siyosiy-ma’rifat soati”da viloyatdagi barcha tashkilot va idoralar xodimlari qatorida Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, ushbu o‘quv mashg‘ulotini onlayn kuzatib borishdi.

Mazkur o‘quv soatida Mustaqilikka 31 yil: "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" g‘oyasi mohiyati, "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun bilan kutilayotgan o‘zgarishlar, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, "Bir chimdim" ma’naviyat rukni hamda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram
339 views06:32
Открыть/Комментировать