Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruv | АВТМ в РФ

Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ufadagi “ЯРУС”, Sverdlovskdagi “Протон”, Nijegoroddagi “Борресурсы”, Krasnodardagi “ССК”, Yekaterinburgdagi “Водоканал-регион” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Birinchi kotibi boshchiligida Nijegorod viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakili, viloyat mehnat va bandlik boshqarmasi, Mintaqaviy kadrlar agentligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

http://www.migration.uz/news/view/1727

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
АВТМ в РФ

АВТМ в РФ

@rf_avtm
908 Подписчиков
Карьера Категория
Мурожаат учун: 7 925 045 47 44