Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

АВТМ в РФ

Логотип телеграм канала @rf_avtm — АВТМ в РФ А
Логотип телеграм канала @rf_avtm — АВТМ в РФ
Адрес канала: @rf_avtm
Категории: Карьера
Язык: Русский
Количество подписчиков: 908
Описание канала:

Мурожаат учун: 7 925 045 47 44

Рейтинги и Отзывы

5.00

2 отзыва

Оценить канал rf_avtm и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

2

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения

2023-03-16 13:31:39
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ufadagi “ЯРУС”, Sverdlovskdagi “Протон”, Nijegoroddagi “Борресурсы”, Krasnodardagi “ССК”, Yekaterinburgdagi “Водоканал-регион” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Birinchi kotibi boshchiligida Nijegorod viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakili, viloyat mehnat va bandlik boshqarmasi, Mintaqaviy kadrlar agentligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

http://www.migration.uz/news/view/1727

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
54 views10:31
Открыть/Комментировать
2023-03-13 09:56:18
Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida
narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan,
yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
133 views06:56
Открыть/Комментировать
2023-03-13 09:55:28
Rossiya Federatsiyasining Lipetsk viloyatiga 5 yil avval ishlagani borgan, ammo o‘zi va 4 nafar farzandining hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Sh.D.ning murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan o'rganilib, ayni paytda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Shuningdek, uni farzadlari bilan Vatanga qaytarish choralari ko'rilmoqda.
95 views06:55
Открыть/Комментировать
2023-03-10 13:43:09
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Moskva shahridagi “Монотек”, Cankt-Peterburg shahridagi “Балхаш”, Amurdagi “ПСП”, Chelyabinskdagi “Агропарк-Урал” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Shuningdek, Nijegorod viloyati oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar holidan xabar olindi.

http://www.migration.uz/news/view/1724

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
126 views10:43
Открыть/Комментировать
2023-03-09 17:27:36 Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.

Xususan, qarindoshlariga pul o‘tkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.

Ushbu holatlar bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.

Shu munosabat bilan,
yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni so‘raymiz.
131 views14:27
Открыть/Комментировать
2023-03-07 15:22:07 Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Permdagi “Русь”, Sverdlovskdagi “Девайс” korxonalari rahbariyati va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar, Tuladagi “Промед” va “Янтарьная Прядь” korxonalarida fuqarolarimizni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
156 views12:22
Открыть/Комментировать
2023-03-07 15:21:10
148 views12:21
Открыть/Комментировать
2023-03-03 16:01:22
Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahriga ishlash maqsadida borib, baxtsiz hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz A.H.ning tibbiy xarajatlari qoplab berilib, Krasnoyarsk-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berildi va Vatanga qaytarildi.
227 views13:01
Открыть/Комментировать