Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Qora ko’z - bu juda energetik insonlar demakdir. O’ziga juda t | ПСИХАЛОГИЯ И ФАКТЫ

Qora ko’z - bu juda energetik insonlar demakdir. O’ziga juda talabchan, tinch turmaydigan, his-tuyg’ularga beriluvchan bo’lishadi. Ular faqatgina o’zlariga emas, balki atrofdagilarga nisbatan ham talabchan bo’lishadi. Shuning uchun ham ko’pincha ular orasida kelishmovchiliklar, tushunmovchiliklar va kichik janjallar bo’lib turishi ehtimoli mavjud. Yo’q joydan arzimagan narsaga arazlashishga moyil. Juda tavakkalchi, serharakat insonlar toifasi. Diqqat markazida bo’lishni xush ko’radilar va qarorlarni tezda qabul qiladilar. Afsuski, shu sababli qabul qiladgan qarorlari ko’pincha noto’g’ri bo’lib chiqadi.

Jigarrang ko’z - ushbu rangdagi ko’z egalari insonni o’ziga tortuvchi, aqlli, his - tuyg’uli bo’lishadi.

To’q jigarrang - o’zi ko’ringanidek janjalkash, ammo barcha arazlarni tezda unutuvchan bo’lgan insonlarga xos. Ular tavakkalchidirlar. Atrofdagilar bilan tez chiqishib ketadigan, xushmuomala bo’ladilar. Biror narsani sevsalar bir umrga, yoki aksincha biror narsadan nafratlansalar hech qachon unutmaydilar. Rang qanchalik to’q bo’lsa, ushbu xislatlar ham shunchalik kuchli bo’ladi.

Och jigarrang ko’z egalari(yong’oqrang) hamma narsani ham o’z kuchlari bilan hal qila olmaydigan (rang qanchalik och bo’lsa ushbu sifat kuchliroq bo’ladi), orzularga beriluvchan, xomxayol insonlar bo’lishadi. Birdamlikka va tinchlikka intiluvchan, mehnatni juda sevadigan, serharakat toifa. Bu turdagi odamlarga bemalol ishonish mumkin. Hech qachon ishonchni poymol qilishmaydi. “Yong’oqranglilar” - mustaqil bo’lishni sevishadi. Birov ularga qandaydir ozor beradigan bo’lsa anchagacha esdan chiqarishmaydi, yaʼni “qora xotira” juda yaxshi faoliyat ko’rsatadi.

Yashil ko’z - juda dono, ayni paytda yuvosh va kam harakat toifa. O’z atroflarida katta suhbatdoshlar doirasini yig’ishlari va ularni chin dildan eshitishlari boshqalarni ushbu insonlarga yaqinlashtiradi. Oldiga qo’ygan maqsadlarini doimo oxirigacha amalga oshirmasdan qo’yishmaydi. Sevgida ham, do’stlikda ham birdek. Yashil rangdagi ko’z egalari- oldiga qo’ygan maqsadlariga qattiq harakat qiladigan, prinsipial, juda ham tartibli bo’lishar ekan. Barcha narsani oxiriga yetkazib, maromiga qo’yib bajarishni xush ko’rishadi. Atrofdagi narsalarga haqiqiy real ko’z bilan qarashadi. Qiyinchiliklardan umuman hadiksirashmaydi, hayotda o’zlariga va boshqalarga talabchan bo’lishgani sababli, hayotdagi juftlarini topishlari ko’p vaqt talab etadi. Ammo sevgan insonini benihoya qadrlaydilar. Ishonchli do’st va yaxshi hamsuhbat.

Kul rang - hayotga real ko’z bilan qaraydigan, sodir bo’layotgan hodisani yaxshi his qila oladigan insonlar. Mehnatkash, yaxshi maslahatdosh, sabrli, muammolarni o’z vaqtida hal qiladigan turkum vakillari. Adolatsizlikka umuman toqatlari yo’q, hayotda ko’pincha bir marta sevadilar va bu sevgi yuraklarida bir umr muhrlanib qoladi. Dushmanlariga nisbatan o’ta qattiqqo’l va tajovuzkor bo’ladilar. Kul rang ko’zlilar haqiqiy mehnatsevarlar, zehni o’tkir insonlar. Bunchalik yuqori darajadagi zehn sohibi bo’lishlariga qaramasdan intuitsiya rivojlanmagan bo’lar ekan. Turli xil muammolarni paydo bo’lishi bilanoq tezda bartaraf etishga tirishadilar. Bunday rangdagi ko’zli shaxslar halol, halollikni xush ko’ruvchi, mehribon va ishonchli odamlar.

Havo rang ko’z sohiblari - orzularga beriluvchan, romantik, his- tuyg’usi kuchli insonlar. Ularda ham “qora xotira” yaxshi ishlaydi, ko’z yoshlar bilan ularni ko’nglini yumshatib yoki aldab bo’lmaydi. Barchani yurakka yaqin oladilar, maqsadi sari jon - jahdi bilan harakat qiladilar. Yuvosh, ammo bir xillikni umuman yoqtirishmaydi, sevgi bobida ham xuddi shunday xilma - xillikni xush ko’radilar. Rassomlik, haykaltaroshlik, aktyor, yozuvchilik va boshqa sohalarda ham g’oyat iqtidorli bo’ladilar.

To’q-havo ranglilar - melanxoliyaga moyil, kayfiyati beqaror, injiq insonlar toifasiga kiradi