2019-01-28 15:49:21
Bu daraxtni asosan, hozirda òz hayotidan mamnun bòlmagan, vaziyatni yaxshi tomonga òzgartirishni istayotgan kishilar tanlaydilar. "Qayerdadir baxt bor, biroq men u yerda emasman, demak men òsha yerda bòlishga harakat qilishim shart!" Ular hozirda aynan mana shu shior bilan yashamoqdalar.
Ushbu daraxtni tanlagan kishilarning òziga xos, asosiy sifatlari - qati'yatlilik, qiziquvchanlik, yangilikka intilish. Ular òzgarishlar tarafdori, yangilikga, taassurotlarga òch kishilar. Biroq bu òtkinchi holat, shunday bòlsada kòpchilik bu bosqichda uzoq vaqt qolib ketadi. Vaqt òtgach, bu kishilar butunlay boshqa daraxtni tanlashlari mumkin.
Sabr-bardoshli, harakatchan va matonatli kishilar. Ular yòl boshidanoq behafsala bòlmaydilar. Maqsad sari olģa intilishadi. Kòzlangan chòqqini qadamma-qadam zabt etib boradilar. Tanlagan yòllaridan aslo qaytishmaydi.
Òz kasbining mohir ustalari. Sohalariga oid uslublarni mohirona qòllashlari tahsinga loyiq. Hayotlari davomida aniq rejalar asosida yashaydilar: "improvizatsiya" yoki "ekspromt" kabi sòzlarni eshitsalar taajjubga tushishlari tabiiy, ular rejadan chetga chiqmaydilar. Rejali ish kòrganliklari bois ijobiy hayot kechirayotganliklariga ishonchlari komil.
Ijodkor va original shaxsiyatli kishilar. Ular avvalgi bosib òtilgan izlardan yurmaydilar, eski qoliplardan foydalanishni istamaydilar. Kreativ, ilhomi kesa hamma ishni dòndirishadi. Har bir yumushni òzlari xohlaganlaridek bajaradilar, muammolarni yechimini topishda yangicha yondashuv va usullardan foydalanadilar.
Ular odatda serģayrat va jozibali kishilardir. Libos tanlash borasida ham originallikka intiladilar. Bunday kishilarni quyushqonidan chiqarish oson, kayfiyatlari juda tez òzgaradi. Yaxshi notiq, istagan kishilari bilan ģoyalarini òrtoqlasha oladilar...
Qishin-yozin bir xilda! Qanday holatda bòlishidan qati' nazar bunday kishilar kunni doimo "liderlik libosida" kutib oladilar. G'oyalarga boy, serharakat kishilar mana shunday toifaga kiradilar.
Ozoda va pragmatik xarakterli. Maqsadni aniq oladilar, mustaqil fikrli, nima xohlashni va unga qanday erishishni bilishadi. Hayotda ular uchun faqat ikkita nuqtayi nazar mavjud: notòģri va òzlarining shaxsiy qarashlari.
Ular juda hamdardlikni qoyillatadigan kishilar. Boshqa bir insonning ģam-anduhi, quvonchu-shodligini huddi òzlarinikidek qabul qila oladilar. Dilkash, xushfe'l, baģrikeng, sezgir shaxslar.
Atrofidagilar baxtli bòlsagina òzlarini tòlaqonli baxtiyor deb hisoblaydilar. Janjallashishdan kòra murosani ustun qòyadilar. Bir sòz bilan aytganda toza qalbli, yetuk insonlar ushbu toifa vakillaridir.
5.7K viewsРахматуллох, 12:49