Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#aqlvoy #muqobil_shakllar Maktabgacha ta’limning muqobil sha | Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali

#aqlvoy
#muqobil_shakllar

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari haqida bilasizmi?

Maktabgacha ta’lim standarti shakllarini kengaytirish murakkab bo‘lgan respublikamizning olis tumanlari va joylarida maktabgacha ta’limning yangi muqobil shakllari tatbiq etilgan.

Ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Maktabgacha ta’lim vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha doirasida Ilk rivojlanish markazlari uch xil modelda o'z faoliyatini olib bormoqda. Bular:

Birinchi model - 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif;
Ikkinchi model - o‘yin guruhlari;
Uchinchi model - sog‘lig‘i tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha farzandlari bor oilalarga tashrif.

Hozirda mazkur muqobil shakllar bo'yicha 65 ta "Aqlvoy" avtobuslari loyiha dasturiga qamrab olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube