Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali

Логотип телеграм канала @navoiyvmtb — Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali N
Логотип телеграм канала @navoiyvmtb — Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
Адрес канала: @navoiyvmtb
Категории: Без категории
Язык: Русский
Количество подписчиков: 1.70K
Описание канала:

Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: 998792201281

Рейтинги и Отзывы

4.00

3 отзыва

Оценить канал navoiyvmtb и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

1

3 звезд

1

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения

2023-02-04 09:50:19
#aqlvoy
#muqobil_shakllar

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari haqida bilasizmi?

Maktabgacha ta’lim standarti shakllarini kengaytirish murakkab bo‘lgan respublikamizning olis tumanlari va joylarida maktabgacha ta’limning yangi muqobil shakllari tatbiq etilgan.

Ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Maktabgacha ta’lim vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha doirasida Ilk rivojlanish markazlari uch xil modelda o'z faoliyatini olib bormoqda. Bular:

Birinchi model - 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif;
Ikkinchi model - o‘yin guruhlari;
Uchinchi model - sog‘lig‘i tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha farzandlari bor oilalarga tashrif.

Hozirda mazkur muqobil shakllar bo'yicha 65 ta "Aqlvoy" avtobuslari loyiha dasturiga qamrab olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
140 views06:50
Открыть/Комментировать
2023-02-03 17:26:30
#OAV_nigohida

"Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2023-yil 5-sonida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i U. Tillayev tomonidan Xatirchi tumani, Xo'jaqulobod MFYda o'tkazilgan sayyor qabul yoritildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
630 views14:26
Открыть/Комментировать
2023-02-03 14:19:00
HUDUDLAR XABARLAR
#Uchquduq_tumani
10-davlat MTTda “Bilimdon bolalar” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy qalblarda yashar abadiy” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tarbiyalanuvchilar shoir qalamiga mansub g‘azal, ruboiylardan namunalar o‘qib berishdi. Shuningdek, bolajonlar tomonidan “Navoiy va bulbul” nomli sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

15-davlat MTTda buyuk shoir va mutafakkir bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Buyuklarga ehtirom” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Kechada bolajonlar ijrosida kuy va qo‘shiqlar, ajdodlarimiz qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar ijro etildi, jozibali raqslar namoyish etildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
847 views11:19
Открыть/Комментировать
2023-02-03 12:24:59
Navoiy shahridagi 30-davlat MTTda ish hujjatlarining yuritilishi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan metodik tavsiyalar berish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Navoiy shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limining ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash va metodik yordam ko'rsatish metodistlari S.Xoliqova, Sh.Qarshiyeva, O.Sharipova va tashkilot metodisti Sh.Yormamatovalar tomonidan pedagog xodimlarning MTT faoliyatiga doir me'yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminarda tarbiyachi-pedagoglar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida yaratilgan didaktik o‘yinlarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘rni va ahamiyati borasida ham o‘zaro fikr almashishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
772 views09:24
Открыть/Комментировать
2023-02-03 10:00:41
Elda bor shunday naql,
“Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.
Qilib badantarbiya
O‘samiz ziyrak, oqil

Zarafshon shahridagi 10-davlat MTTda tarbiyalanuvchilarni chiniqtirish mashg‘ulotlaridan fotolavhalar.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
923 views07:00
Открыть/Комментировать
2023-02-03 09:14:36
#Jajji_zakovatchilar_2023

G‘ozg‘on shahridagi 4-davlat MTT, Karmana tumanidagi 17-davlat MTT va Nurota tumanidagi 4-davlat MTTlarida “Jajji zakovatchi” intellektual o‘yini guruhlar kesimida o‘tkazildi.

Unda bolajonlarga turli mavzular asosida mantiqiy savollar berilib, bilimlari baholandi.

Bolajonlarning intellektual salohiyati, iqtidor va izlanuvchanligini namoyon etishga qaratilgan o‘yin bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
866 views06:14
Открыть/Комментировать