Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bank sohasida gender integratsiyasi bo‘yicha ilg‘or tajriba ma | Madad Invest Bank ATB

Bank sohasida gender integratsiyasi bo‘yicha ilg‘or tajriba mavzusiga bag‘ishlangan seminar.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida “Bank sohasida gender integratsiyasi bo‘yicha ilg‘or tajriba” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda barcha tijorat banklarining gender masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi raislari va a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bank sohasida bugungi kunda umumiy xodimlar sonining qariyb 38 foizini ayollar tashkil qiladi.

Seminar ishtirokchilari dastavval yalpi yig‘ilish, so‘ngra sho‘ba yig‘ilishlarida qatnashdilar. Unda bank sohasi mutaxassislariga gender integratsiyasi bo‘yicha umumiy ma’lumot berilib, gender tamoyillarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba va vositalar, shuningdek, gender xilma-xillikni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy misollar yordamida tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlar bank sohasi vakillarining gender tenglik yo‘nalishidagi ilg‘or xalqaro amaliyot bilan tanishishi, banklarning biznes-strategiyasi va operativ faoliyatiga gender yondashuvlarini integratsiya qilish bo‘yicha bilimi va malakalarini oshirishga yordam beradi.

Madad Invest Bank ATB
Yuksak tarraqqiyot sari
|Telegram|Facebook|Web sayt|Instagram|