Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#tabrik #1iyun #xalqaro_bolalar_kuni 1-iyun - Xalqaro bolalar | КрасиваЯ!

#tabrik #1iyun #xalqaro_bolalar_kuni

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Aziz bolajonlar! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz! O'zbekistonimizning har bir o'g'il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag'rida, jismu joni salomat bo'lib ulg'ayishini tilaymiz!

Hurmat bilan,Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" davlat unitar korxonasi

Web | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram