Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxo | Istanbul2020

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, “Uzbekistan Airways” Aktsiyadorlik Jamiyati ma’lumotiga ko’ra bugun - 27 yanvar kuni parvozi rejalashtirilgan samolyotlar belgilangan vaqtida uchishini ma'lum qiladi.

Avvalambor, 24 yanvar kuni qolib ketgan, yosh bolali, og'ir hasta va homilador fuqarolar jo'natilishini eslatib o'tamiz.

Boshqa ucha olmagan fuqarolar, chiptalarini harid qilib olgan joyi yoki “Uzbekistan Airways” ofislaridan boshqa muddatga ko’chirishlari maqsadga muvofiq. Kimning imkoniyati bo'lsa kechroq muddatga parvozni kochirishni so'rab qolamiz.

Hozirgi vaqtda aeroportda turli davlatlardan kelgan yo’lovchilar to’planib qolganligi, epidemiologic vaziyat nobarqaror ekanligini inobatga olib, o’zingiz va yaqinlaringiz sog’lig’ini o’ylagan holda aeroportga bormaslik tavsiya etiladi.

O'zgarishlar bo‘yicha ma‘lumotlarni kanalimizda kuzatib boring!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona