Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

'O'zbekiston havo yo'llari' 28 martdan boshlab Urganch-Istanbu | Istanbul2020

"O'zbekiston havo yo'llari" 28 martdan boshlab Urganch-Istanbul-Urganch yo'nalishi bo'yicha haftasiga 2 marotaba muntazam reyslarni ochmoqda, deb xabar beradi O'zbekiston transport vazirligi.

Samolyot 28 mart kuni marosimdan so'ng Urganch xalqaro aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 09: 30da birinchi parvoziga jo'naydi.

Shu bilan birga 29 martdan boshlab aviakompaniya bir yillik tanaffusdan so'ng 2017 yil noyabrida ochilgan, ammo pandemiya sababli 2020 yil mart oyida to'xtatilgan Samarqand-Istanbul reyslarini davom ettiradi. Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li O'zbekistonga tashrifi chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi transport aloqalarini soddalashtirish va "Turkish Airlines", "Uzbekistan Airlines" va xususiy aviakompaniyalarning parvozlari va yo'nalishlarini ko'paytirish masalalari ikki davlat tomonidan maqullangan edi.

Каналга обуна бўлинг


https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona