Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

13 mart kuni bo‘lib o‘tgan Respublika maxsus komissiyasining n | Istanbul2020

13 mart kuni bo‘lib o‘tgan Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatga kirayotgan barcha yo‘lovchilardan ekspress test olish tartibi bekor qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda xorijiy va qo‘shni mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning barqarorlashgani sabab respublikaga tashrif buyuruvchilarga yengilliklar yaratish hamda turizm salohiyatidan kengroq foydalanish masalalari muhokama qilingan.

Maxsus komissiyasi qaroriga asosan O‘zbekistonga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress test olish tartibi 2021 yilning 15 martidan boshlab bekor qilinadi.

Endilikda, yangi tartib bo‘yicha:

* mamlakatga tashrif buyurayotgan shaxslardan O‘zbekistonga kelish uchun  ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soat ichida koronavirus infeksiyasiga PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma'lumotnoma so‘raladi;

* avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali respublikaga kirib kelayotgan shaxslardan ham shunday ma'lumotnoma talab qilinadi.

Agar PZR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda ekspress test topshiriladi. Faqat manfiy natija qayd etilgan taqdirdagina O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Bunda koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi shart.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan  2021 yilning 25 martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat sifat ko‘rsatkichi talab darajasida bo‘lgan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari ma'lumotnomalari bilan havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi.

“#Uzbekiston__farzandiman”

Каналга обуна бўлинг ва сўнги янгиликлардан хабардор бўлинг


https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona