Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Prezident qarori loyihasida magistraturada o‘qiydigan xotin-qi | Info 𝟛.𝟙𝟜

Prezident qarori loyihasida magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli qay tarzda qoplab berilishiga aniqlik kiritildi

2021/2022 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning o‘qishi uchun kontrakt to‘lovlari davlat budjetidan qoplab boriladi.

Sodda qilib aytganda, o‘tgan yili magistraturga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan (hozirda 1-kursni tamomlagan) xotin-qizlarning yangi o‘quv yilidagi (2-kursdagi) kontrakt to‘lovlari; bu yil magistraturaga topshiradigan xotin-xizlarning esa 1-kursdan kontrakt to‘lovlari to‘lab beriladi.
@info3_14