2022-08-30 19:38:13
Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturaga 2022/2023-o'quv yili bo'yicha tanlov natijalari qaydnomasi
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza (institutda yoziladi)
2. oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
4. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
5. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan ko‘rsatadilar va 4 dona ksero nusxasini taqdim etadi.
Magistraturaga qabul bo’yicha xujjatlarni rasmiylashtirish kuni alohida e’lon qilinadi.
@info3_14
898 viewsedited 16:38