Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 140.21K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 11

2023-12-11 21:20:11 #RCPproject

INVESTORLAR VA BIZNES VAKILLARI DIQQATIGA!

Jahon Bankining «O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish» (MUNIS) loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha biznes-loyihalarni grant asosida moliyalashtirish uchun arizalarni qabul qilinishini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Arizalar MUNIS loyihasini amalga oshiruvchi ishchi guruh tomonidan 2.2 - Business Investments in Research & Development (BIRD) (Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investisiya dasturi) komponenti tartib-tamoyillariga muvofiq qabul qilinadi.

Arizalarning sifatli tayyorlanishini tashkil etish maqsadida amaliy seminarlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Seminarlarda Jahon Bankining xalqaro ekspertlari tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot beradilar.

Amaliy seminar sanalari:
12 va 14 dekabr
soat 10:00 da.
Seminar o‘tkazish joyi: «INNO TechnoPark» binosi.
Seminarda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak: http://surl.li/nxwxt

Batafsil ma’lumot uchun: https://tinyurl.com/mryp3we9

Ishonch telefonlari:
+998995812612
+998951405995

—————

ВНИМАНИЮ ИНВЕСТОРОВ И БИЗНЕСМЕНОВ!

В рамках проекта Всемирного банка «Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана» (MUNIS) в ближайшее время будет объявлен старт приема заявок на грантовое финансирование бизнес-проектов по коммерциализации научных исследований.

Заявки будут приниматься Группой реализации проекта MUNIS в соответствии с конкурсными процедурами подкомпонента
2.2 - Business Investments in Research & Development (BIRD).

В целях надлежащей подготовки к началу приема заявок, запланировано проведение разъяснительных семинаров.
Международными экспертами Всемирного банка будет представлена развернутая информация об условиях конкурса.

Даты проведения семинаров:
12 и 14 декабря,
10:00

Место проведения: здание технопарка «INNOTechnoPark»
Для участия в семинарах необходимо зарегистрироваться по ссылке: http://surl.li/nxwxt

Подробная информация:
http://surl.li/nysba

Телефоны доверия:
+998995812612
+998951405995


Телеграм
Локация
20.6K viewsedited  18:20
Открыть/Комментировать
2023-12-11 18:31:42
#jadidlar

Jadidlar millatni, Vatan saodati, uning baxti va ravnaqi, millat taraqqiy topishi, yurt ozodligi uchun fidoiylik koʻrsatishga daʼvat etgan edilar.
___

Джадиды призывали проявлять отвагу ради благополучия Родины, ее процветания, прогресса нации и свободы страны.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
69.4K views15:31
Открыть/Комментировать
2023-12-11 18:04:56
#xalqaro_hamkorlik

Xitoy ta’lim grantlari sonini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi


2023-yil 11-dekabrda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova bilan Xitoy Ta’lim vazirligi Stipendiyalar kengashining rahbari o‘rinbosari Tyan Lulu xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar oliy ta’lim va ilm-fan sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, Xitoy OTMlarida o‘qish istagidagi O‘zbekiston yoshlariga ushbu xorijiy mamlakat ta’lim grantlarinini yanada ko‘paytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6280

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
19.4K views15:04
Открыть/Комментировать
2023-12-10 07:09:02
#davlat_ramzi
#mening_madhiyam_31yoshda

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasidan o‘ziga xos chellenj


10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlanadi
___

Челлендж от коллектива Андижанского государственного педагогического института

Посвящается 10 декабря – 31-й годовщине принятия Государственного гимна Республики Узбекистан.


Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
14.9K views04:09
Открыть/Комментировать
2023-12-10 06:00:26
#Davlat_ramzi
#MeningMadhiyam

Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi 31 yoshda!

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

Davlat madhiyasi muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
33.0K views03:00
Открыть/Комментировать
2023-12-09 17:31:12
#qulaylik | #raqamlashtirish

SMS bildirishnomalarni maxsus mobil ilova orqali qabul qiling!

Endilikda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan foydalanishda, jumladan, tizimda ro‘yxatdan o‘tishda yoki parolni tiklash uchun so‘rov yuborishda Edu_uz qisqa raqamidan keladigan SMSlar va xabarlarni “SMS xizmatlari” mobil ilovasi orqali qabul qilishingiz mumkin.

Ushbu ilova orqali my.edu.uz platformasidagi qabulga oid ariza holatlarini bildirishnomalar orqali bilib turish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hozirgi kunda kontrakt.edu.uz tizimida shartnoma olishda tasdiqlash kodlarini ham qabul qilish mumkin.

Android uchun yuklab oling

iOS uchun yuklab oling

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
19.3K views14:31
Открыть/Комментировать
2023-12-09 17:02:14
#xizmat_safari

Bugun Andijondagi xizmat safari davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Andijon davlat pedagogika institutida ham bo‘ldi.

O‘rganish asnosida o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, art xonalar, ilmiy markazlar faoliyati va talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar hamda OTM qoshidagi tikuvchilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda qish mavsumida elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini mo‘tadilligini saqlash borasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6275

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
16.7K views14:02
Открыть/Комментировать
2023-12-09 14:05:56
#madaniy_tadbir

“Qora quyosh” spektakli vazirlik hamda OTM rahbarlari tomonidan e’tirof etildi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahrida joylashgan oliy, professional hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf dostoni asosida sahnalashtirilgan “Qora quyosh” spektaklini tomosha qilishdi.

Mazkur spektakldagi voqealar oʻtgan asrning buyuk adiblari Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi xalqimizning vatanparvar farzandlarining Vatan ozodligi yoʻlidagi mashaqqatli taqdirlaridan hikoya qilinadi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6274

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
18.3K views11:05
Открыть/Комментировать
2023-12-07 17:41:03
#MeningKonstitutsiyam
#Konstitutsiya_kuni

Konstitutsiyaga amal qilish barchamizning burchimizdir!


Qarshi davlat universiteti talabari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
____

Мы все обязаны следовать Конституции!

Видео подготовлено студентами Каршинского государственного университета по случаю 31-й годовщины принятия Конституции Республики Узбекистан.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
14.8K views14:41
Открыть/Комментировать
2023-12-07 17:01:29
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Xitoyning Nantong universiteti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Xitoyda boʻlib turgan institut rektori Shahzoda Negmatova dastur doirasida Nantong universiteti rektori Weidong Wang bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Xususan,
– maktabgacha taʼlim, sanʼatshunoslik va tarix yo‘nalishlarining bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalari uchun qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish;
– professor-oʻqituvchilar uchun stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish;
– shuningdek, xitoy tilini oʻqitish markazini tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
14.4K views14:01
Открыть/Комментировать