Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​#Bilasizmi? Ikki toifadagi talaba haqida… Talabalar ikki t | Edu.uz

​​#Bilasizmi?

Ikki toifadagi talaba haqida…

Talabalar ikki toifaga ajratiladi.

1-toifadagi
– faqat baho olish uchun o‘qiydigan talaba;
2-toifadagi – bahoga ahamiyat bermagan holda faqat bilim olish istagida yurgan talaba.

1-toifadagi – darsga faqat davomat uchun (bu ma’muriy talab bo‘lganligi uchun) keladigan talaba;
2-toifadagi – har bir kun yangi bilim va ko‘nikmalar olib keladi, bir kunni yo‘qotish kelajak uchun katta zarar, deb fikrlaydigan talaba.

1-toifadagi – uy vazifalari va o‘quv materiallari nihoyatda qiyin va ko‘p deb, doimo shikoyat qiladigan talaba;
2-toifadagi – qiyin bo‘lgan o‘quv materiallari va uy vazifalarini bajarishdan zavqlanadigan, “qancha ko‘p o‘qisam, shuncha o‘zim uchun foydali” degan dunyoqarashga ega talaba.

1-toifadagi – mashg‘ulotlar vaqtida muallimga kundalik, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan texnik, gohida butun auditoriyani chalg‘ituvchi savollar berishni afzal ko‘radigan talaba. Bunday savollarga olingan javoblarni odatda talaba sanoqli lahzalardan keyin unutib yuboradi.
2-toifadagi – muallimga intellektual, chuqur o‘ylangan, fundamental, konseptual savollar berib, ularga berilgan javoblar ustidan o‘ylanib, tahlil qiladigan talaba.

1-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlik haqida ko'proq o'rganishni xohlaydigan talaba;
2-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlikni o‘zlarining shaxsiy amaliyotida sinab ko’rishni xohlaydigan talaba.

Siz o‘zingizni qaysi toifaga mansub deb o‘ylaysiz?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube