Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Dayjest Ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kenga | Edu.uz

#Dayjest

Ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan OTMda "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent davlat yuridik universitetining 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, muassasa atrofida joylashgan bog‘larga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti hududida yangi «Yoshlar eko bog‘i» uchun daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy davlat pedagogika institutiga Karmana tumanidan ajratilgan yer maydonida 1200 ta tut ko‘chatlari ekildi.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining 500 nafardan ortiq koʻngilli yoshlari 5 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishida ishtirok etdi.

Jizzax politexnika instituti tomonidan “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” hamda “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiorlari ostida obodonchilik va ko'chat ekish ishlari qizg'in boshlab yubordi.

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar hamda ishchi xodimlar filial hududiga 300 dan ortiq mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazishdi.

Termiz davlat universitetida 1200 tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan.

Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası hám sport universiteti Nókis filialı miynet jámáátide Nókis qalası aymaǵında ótkerilgen «Jasıl mákan» akciyasına belsene qatnasqanı ushın Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi tárepinen MINNETDARShÍLÍQ xatı menen sıylıqlandı.

Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı jámááti hám studentleri «Jasıl mákan» akciyasına belsene qatnastı.

Jizzax davlat pedagogika instituti “Universitet bog‘i” aksiyasini o‘tkazmoqda. Ushbu boqqa 500 dan ziyod archa ko‘chati o‘tqazildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali talaba-yoshlari "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishmoqda. Ma’lumot uchun, loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda 14 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

TDTU Qo‘qon filiali jamoasi filial maydonida 200 tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishida ishtirok etdi.

Guliston davlat universiteti jamoasi tomonidan hududning ochiq maydonlariga turli mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti jamoasi tomonidan "Ona sayoramizni asraylik!" shiori ostida "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida institut hududiga 100 tupdan ortiq, 10 turdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

TIQXMMI Buxoro filiali direktori boshchiligida filial jamoasi hamda talaba-yoshlar erta tongdan ish faoliyatini daraxt koʻchatlari ekishdan boshladi.

TIQXMMI Qarshi filiali rahbarlari ishtirokida filialning asosiy binosi va talabalar turar-joylarida manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham tashabbus ko‘rsatib, 200 dan ortiq mevali daraxtlar ekilishida faol bo‘ldilar.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining barcha xodimlari “Dolzarb 40 kunlik» aksiyasida faol ishtirok etishmoqda.

«Jasıl mákan» ulıwma milliy joybarı sheńberinde ótkerilgen usı akciyada belsendilik kórsetkeni ushın Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jámáátine Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Minnetdarshılıq xatı tapsırıldı.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube