Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’li | Edu.uz

#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Zarifa Odilovna Muminova Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zarifa Muminova 1984-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube