Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#bolaning_begonasi_boʻlmaydi BOLALAR BAXTLI BOʻLISHGA HAQLI | Edu.uz

#bolaning_begonasi_boʻlmaydi

BOLALAR BAXTLI BOʻLISHGA HAQLI

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 15-son Mehribonlik uyi bolajonlari uchun “Baxt ulashing” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida filial jamoasi va talabalarining 4,5 million soʻmdan ortiq mablagʻi toʻplandi. Bu mablagʻga kitoblar, sport jihozlari, oʻquv qurollari sotib olindi.

Shuningdek, kuni kecha filial tomonidan bolajonlar uchun ajoyib sovgʻa tayyorlanib, ularning Toshkent shahridagi hayvonot bogʻiga sayohati tashkil etildi. “Baxt ulashing” loyihasida TDTU Olmaliq filialining doimiy hamkori - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Kasaba uyushma qoʻmitasi ham ishtirok etib, sayohat uchun avtobus hamda 1 million soʻm mablagʻ ajratdi.

Bolalarga baxt tuygʻusini ulashish, tabassum hadya etish loyiha ishtirokchilarining har biriga eng ezgu insoniy tuygʻularni baxsh etdi.

Zero, inson yaxshilik qilish uchun yaralgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube