Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Aybdorlik hissi Agar hayotingizda va yaqinlaringiz bilan sod | ❤️Душевное местечко❤️

Aybdorlik hissi

Agar hayotingizda va yaqinlaringiz bilan sodir bo'layotgan narsalar uchun o'zingizni ayblasangiz. Ammo bu aslida sizning aybingiz emas.
Siz shunchaki xato qildiz. Biz bu dunyoga o'rganish uchun kelamiz. Ideal o'quvchi yo'q.
Barchamiz qachondir xatolarga yo'l qo'yamiz. Va xatolar bizni ulardan qanaqadir dars olishimiz va o'zimiz ham o'zgarishimizga imkon beradi.

Ma'naviy bilim sizda aybdor hissini paydo qilmasligi kerak, bu sizning xatolaringiz qayerda ekanligini va nimalarni tuzatish kerakligini ko'rsatadi.
Ma'naviyat sizni ko'taradi va sizni ayblaringizdan ham ustun qo'yadi ,ko'taradi, aksincha emas.
Agar ma'naviy bilim sizda aybdorlik hissini paydo qilsa, bu faqat vaziyatni noto'g'ri anglashingiz tufayli bo'ladi. Faqat bu borada o'zingizni ham aybdor his qilmang.
Sizning bu erda aybingiz yo'q, chunki siz o'zingizning aybingizni vaziyatda butunlay ongsiz ravishda ko'rasiz, natijada siz undan qutulish uchun aybdorlik hissi bilan harakat qilasiz. Va bularni barchasi - ongsiz ravishda bo'ladi.

Aybdorlik hissi - bu ongsiz dastur, shu dastur orqali siz dunyoga, hayotga nazar solasiz. Agar sizni "aybdor" bo'lgan o'tmishdagi biron bir voqea qiynayotgan bo'lsa, unda:

1. Ushbu hodisani tasavvur qiling, uni tasavvuringizda yorug'lik, iliqlik va muhabbat bilan to'ldiring (hayolingizda biron narsani muhabbat bilan to'ldirish oson, insonni yoki o'zingizni chinakam, pok, fidoyi muhabbatni boshdan kechirgan vaziyatni eslang. Masalan, sizning bolangiz juda kichkina, yoqimtoy, nochor go'dak bo'lganini va siz uni juda yaxshi ko'rganingizni eslang, agar shu misol sizga to'g'ri kesa. Yoki sevgan insoningizni eslang va hokazo. O'zingizni "aybdor" bo'lgan voqeani Shu sevgi va mehr tuyg'ulari bilan, o'sha siz aybdor bo'lgan vaziyatni to'ldiring).

2. Keyin , tasavvuringizda o'zingiz uchun "aybdor" bo'lgan kishidan kechirim so'rang.

3. O'zingizdan kechirim so'rang.

4. Tasavvur qiling, bu holat, xuddi yorug'lik va muhabbatga to'la shar kabi, sizdan yuqoriga qarab uzoqlashayapti, so'ngra yorilib, yo'q bo'lib ketadi va sevgi makonida eriydi.

5. Agar siz ushbu odamdan haqiqiy hayotda kechirim so'rash imkoniga ega bo'lsangiz, unda sinab ko'ring. Agar yo'q bo'lsa, xat yozing va keyin uni yoqib yuboring.

Marina Blekt
#психологумаровашахноза