Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Hammaga ma'lumki,bolalarga qahva ichish mumkin emas, lekin n | Педиатр.uz

​​Hammaga ma'lumki,bolalarga qahva ichish mumkin emas, lekin nima uchun?

Kofein bu-tabiiy stimulyator bo‘lib, nafaqat kofe balki, boshqa ko‘pgina maxsulotlar tarkibida, shokolad, kola va choyda bo‘ladi.

Go‘daklar organizmi juda sezuvchan bo‘ladi va kofein quyidagilarga sabab bo‘lishi mumkin:
haddan tashqari qo‘zg‘alish, tremor;
yuqu buzilishi, kontsentratsiyasi;
qorinda noqulaylik, diareya;
tahikardiya, aretmiya, qon bosimi oshishi;
bosh og‘rishi.

Amerika pediatriya akademiyasi tavsiya qiladi:
4yoshgacha bo‘lgan bolalarga kofein saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilmaslikni ;
4yoshdan 12 yoshgacha iste'mol qilinadigan kofein miqdori kuniga 45mg bo‘lishini;
12yoshdan 18yoshgacha esa 100mg gacha bo‘lishini.

Kattalar haqida nima deyish mumkin?

Kofein dozasi kuniga 300mg , maksimal toksik bo‘lmagan dozasi esa 400mg gacha bo‘lishi mumkin. Homiladorlar uchun mumkin bo‘lgan doza bu 200mg kofein. Emizikli onalar uchun kofein miqdori kuniga 100-200 mg dan oshmasligi kerak.

Esda tuting, kofein ona sutidan bolaga o‘tib, bola bezovtalanishiga, uyqusi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin .Shuning uchun kofe iste'mol qilayotganingizda, bolangizning reaktsiyasini nazorat qiling .
Yana bolalaringiz energetik ichimliklarni iste'mol qilishiga e'tibor bering, ular 18yoshgacha taqiqlangan. Ularning tarkibida kofeindan tashqari, yana bir qancha, bola organizmiga zararli bo‘lgan, moddalar mavjud.

O‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!